Til

Hikmat

Yaxşi odam bölgil, yaxşi odam böl,

Yaxşi odam bölgil, yaxşi odam böl, Kulib tursin yuzing, halim böl, xuşxulq. Kamol top , bamisli oy misoli töl, Har kimga egilib, aylagil qulluq. Ammo boşqalarni da’vat qilsang gar Yaxşi böl, ilm ol, yuksalgin deya, Şu onda qilgaylar şaxsingdan hazar, Kimsan, yelkamizga yuk solding deya. Zotan, Rasululloh – sarvari olam Solih inson edi – har kişi sevdi. Lekin isloh uçun qöyganda qadam Axir, ahli Makka ne sözlar dedi!.. Şul sabab, islohga bel boğlagan zot, Har kimga yaxşilik istagan telba! Qalbingni jismingdan ayla-da, ozod, Yöqlik sahrosida yasagin kulba. Toki turfa söz-u, ozorlar yetib, Qalbing yiğlamasin, oğrib yurmasin. Vazifang bajargaç, olisga ketki, Odamlar yuzingni qayta körmasin.Akrom MALIK

3 740marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.