Til

Iymon

Hali bola edi – loylarni keçib,

Hali bola edi – loylarni keçib,Tayoqdan ot minib çopar edi u.Nadomat zahrini körmagan içib,Har lahza ming zavqni topar edi u.Lekin fitratida nur soçib himmat,Butun vujudini yoritgan ixlos.Har sözdan kaşf etib ming bitta hikmat,Dard ila yonmoqni qildi ixtisos.Aslo bölolmadi ikkita yuzli,Ahdini buzmoqqa yetmadi kuçi.Dunyo zanjiridan tez-tez uzilib,Baqo köklarida yurardi uçib.Içiga siğmasdan kaşfu asrori,Olamda hammaga yetkazsam derdi.Köngilda har kimning bölsa ğubori,Mehr ila batamom ketkazsam derdi.Ammo olam işi emasdir oson,Dunyoning hiylasi çigaldan çigal.Aqlu ilmi ila har qanday insonMakru muşkilotni yeçolmas tugal.Böldi ğanimlarning öqiga duçor,Ğolib keldi yovlar hujumidan ul.Qismat hikmatini anglamoq duşvor –Döstlar hamlasiga uçradi ul qul.Qon bilan yuvildi a’zoyi badan,Köksidan otilda alvonrang buloq.Bir muddat yiğini ayladi vatan,Bir muddat qovurdi hijronu firoq.Yetib malakutdan madad ilohiy,Sekin-asta bitdi turfa jarohat.Bulutdek çekinib ğamlarning ohi,Tanasiga qaytdi yana harorat.Dedi: “Bizdan keçgan har insonki, bor,Ranjigan bölsam gar öz nafsim uçun –Ranjişim havoda qolsin beqaror,Yarim köngillarni Haq etsin butun!Agar Xudo uçun böldim norizo,Robbimning qoşida iltijoyim şul:Ularga bermasin azobu jazo,Afv etsin, afviga muhtoj har bir qul.Mendan ilm olib kim izlab najot,Keyin yuzlarini burdilar ilkis –Uşbu ilmlardan topib barakot,Haq yöldan toymasin heç biri hargiz.Agar nafsim uçun sözlagan bölsam,Xudoyim meni ham keçirsin, omin.Erta-keç vaqt yetib bir kuni ölsam,Xatoyimni butkul öçirsin, omin!”Akrom MALIK

3 090marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.