Til

Iymon

Bir solik ulusdan çekdi köp jafo,

Bir solik ulusdan çekdi köp jafo,Tiğdan jigar-bağri poralar böldi.Vujudi mayliyu, ruhi vovaylo,Faryodlar içinda yoralar böldi.Unga nido keldi hotifdan nogoh:“Sening onting bordir işqim rost degan.Işqi çin qul zinhor tortgaymidir oh?!Oşiqmi işqiga puşaymon yegan?!Insonlar ozori oğritsa seni,Yoki olqişlardan sevinsang agar,Demak, xudbinliging kuraşda yengib,Işqing qismatida bor hali xatar.Toki odamlarning tilidan çiqqanOfarinu ta’na farqin unutsang,Demak, sevganingda bordir haqiqat,Endi joiz balki visolni kutsang.Bilgil, işq yölining sinovi oğir,Oşiqqa nafs – kişan, dunyodir qafas.Haq desang, boşingdan tuhmatlar yoğar,Zotan, bu yöldagi har oh muqaddas”.Akrom MALIK

2 850marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.