Iymon
Banda, ehtiyot böl, ehtiyot bölgil,
Banda, ehtiyot böl, ehtiyot bölgil,Bilmagan sirringdan söylama zinhor.Mayli, ötdek porla, gullardek kulgil,Boşqani yomon deb öylama zinhor.Har kim insof topsin – Xudodir podşoh,Heç kim tiyğonmasin, toymasin heç kim.Içingdan çiqmasin öşa alam, oh,Hikmat Allohniki, Uldir al-Hakim.Xudoning rahmati yetgay hammaga,Heç kim qamray olmas, heç kim tösolmas.Bizdek beçoraga, bizdek xastagaYetib qolsa, ne tong, afv degan sas.Bandalarni qöygil, yuzlan Xudoga,Uzil har kimsadan, har kimdan kesil.Bağir oç sidqqa, boğlan vafoga,Bu ikki ne’matdan topgaysan hosil.Robbim, heç kim inonmasin, Sen inonsang, bas,Har kim yuz ögirsin, Sen yuzlan, yetar.Menda men yöq erur, mendir tuproq, xas,Bugun-erta çirib yöq bölib ketar.Robbim, pok aylagil qalbimni doğdan,Kin-u adovatga qoldirma örin.Şoyad, joy bersang-u abadiy boğdan,Şoyad, özdan ketsam Jamoling körib!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.