Til

Iymon

Ketganlarga vido aytdik, omon böling,

Ketganlarga vido aytdik, omon böling,Kelganlarga bağir oçdik – salom Sizga!Kimga yaxşi, kim uçundir yomon böling,Xuş tilaklar tölib-toşgan kalom Sizga!Qalbingizda porlab turgan nurni kördik,Jilva aylar közingizning közgusida.Köngil içra pinhon oğriq, dardni sördik,Sayr aylab oydin tunlar yoğdusida.Yurak içra çuqur-çuqur jarohatlarAzobiga çiday olmay etib faryod,Yetgaç Haqdan gözal-gözal inoyatlar,Sözlaringda şukronalar bölgay bunyod.Bölmasaydi kunlaringda huzunlaring,Qoçmasaydi tunlaringda uyqu uzoq –Bilmas eding nedir kemtik, butunlaring,Körmas eding nedir zulmat, nedir çiroq.Vujudingga tuşmasaydi zilzilalar,Portlamasdi qalbda pinhon toğu toşing.Topolmasding bahosi yöq xazinalar –Köz oynangni yuvmasaydi aççiq yoşing.Goho boqib hayotingga lolu hayron,Qanday yaşab ötdim deya surgaysan öy.Musibatlar borliğingni qilgaç vayron,Yiğlab-yiğlab umidlardan qurgaysan uy.Köravergaç har kun, har tun sinov, olov,Yonişga ham, kuyişga ham örganasan.Qorlar yoğsa, kalovlanmay topib qalov,Inonç nomli palosingga öranasan.Marhamati qilsa nogoh tajalliyyot –Xudovandga şavqing toşib yukinasan.Öz fe’lingga qayta-qayta aytib hayhot,Isyoningu tuğyoningga ökinasan.Keçir, Robbim, ojizligim sifatimdir,Sendan bölak heç kimim yöq ikki dunyo.Sensiz qolmoq kulfatimdir, ofatimdir,Bir lahza tark etmagil, yo Rabbano!..Akrom MALIK

3 340marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.