Hikmat
Dunyoning dardini tortmayman desang,
Dunyoning dardini tortmayman desang,Yelkaga toğlarni ortmayman desang,Har kuni zaharlar totmayman desang,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Haqdan malomatlar körmayin desang,Xorlik köçasida yurmayin desang,Nadomat hosilin örmayin desang,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Sening oğriqlaring unga begona,U kunning qulidir, tunga begona.Tunning qul bölsa, tongga begona,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Ğaflatning çohidan çiqolgamay ul,Haq sözni qalb içra uqolmagay ul,Oşiqlardek qayğu çekolmaygay ul,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Vujudin zabt etib dunyo taşvişi,Yodidan çiqqandir uqbo taşvişi.Könglingga tölgandir vafo taşvişi,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Sening naq dilingga xanjarlar sançgay,Qöllari suğurgay, oyoği yançgay.Osmonlaring uzra zaharlar soçgay,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Zulmatdek qoradir, dözaxdek mudhiş,Mudom jaholatga asir bölmiş huş.Tillari uçida saqlab yurar niş,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Oşiq bir kun yongay, ertaga kuldir,Beçora ğam ila qayğuga quldir.Nafsing havosini ayama, öldir,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Sen mağiz, u senga pöst bölmagaydir,Ahdida heç qaçon rost bölmagaydir.Ikki dunyoda ham döst bölmagaydir,Ahli dunyo bilan sirlaşma zinhor.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.