Hikmat
Özingdan ketmagil, özingda bölgil,
Özingdan ketmagil, özingda bölgil,Ketsang gar, özingga kelmoğing avlo.Özingga munosib işlarni qilgil,Hamişa haddingni bilmoğing avlo.Urinma ulusga bölgali mas’ul,Yölboşçiman, yölni bilaman dema.Xudo emassanki, ey beçora qul,Eng töğri işni men qilaman dema.Şunçaki, ahlingni aylagil ogoh –Qaysi iş yaxşidir, qaysisi yomon.Şikasta dillarga bölib xayrixoh,Özingni ofatdan saqlagin omon.Kimgadir hukm etmoq men-u sen kabiNotavon kaslarning emasdir kori.Zotan, oşiqlarning yakkaş matlabi –Qulim desa basdir Parvardigori.Qöygil odamlarning yaxşi-yomonin,Har qöy osilgaydir öz oyoğidan.Mudom bölsin Sening Haq mehriboning,Uzilma hidoyat yölçaroğidan.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.