Iymon
Bu olamni töldirmiş ilohiy tajallolar,
Bu olamni töldirmiş ilohiy tajallolar,Bandaga vojib erur yolvoriş, tavallolar.Qalbing köra olsa gar, iqror-u tasdiq etgay –Haqning rahmat-u adlin vasfin lavhiga bitgay.Xudo senga yuborsa önta musibat nogoh,Yigirma madad qöşib yöllagay, bölgil ogoh!Bitta kasallik bersa, ikki şifosi bölgay,Böğiq tunning ortidan tongning safosi kelgay.Gunohga yöliqsang gar yaşirgay, sir tutgaydir,Har damda nido aylab, istiğforing kutgaydir.Jazo ham kelmas tuyqus, avval kelgay şamoli,Ya’ni degay: “Tavba qil, banda, şul erur holing!”Har qança haddan oşsang, şoşilmas, etmas şiddat,Şoyad, tavba qilgaysan, Haqdan bu erur rahmat.Va bir kun el-ulusga sening yuzing oçgaydir,Şarmanda bölgaysan-u, döst-u duşman qoçgaydir.Hamon bu tamğa emas – dözaxga degan mahkum,Xudoning hukmi heç bir bandaga emas ma’lum!Ya’ni tavba eşigi hamon oçiqdir, oçiq,Ey banda, najot topgil Xudo poyiga qoçib!Nafs quturgay, töymagay lazzat-u huzurga heç,Şayton yaqinlatmagay uzur-u ma’zurga heç.Umidsiz bölmoğingni istagay mudom şayton,Iymonsiz ölmoğingni istagay mudom şayton.Xudo balo bersa bir, himoyasi ming bölgay,Yer yuzini tor desang, jannatlari keng bölgay.Xudoning adli şuldir – har qulfga kalit bor,Kalitni topib berib, yana Özi madadkor!Xudoning rahmati şul – bir sinovga ming ajr,Tun qança qaro bölsa, undan yoruğroq fajr.Seni bunça çohlarga tuşirgan ham Xudodir,Musibatlarda toblab, pişirgan ham Xudodir.Har qadamda bir tikan, tutib yana önta gulSeni poklab abadiy hayotga çorlagay Ul.Xudoning rahmat-u adli, hikmati nurdir, ey döst,Buni anglagan inson ozod-u hurdir, ey döst.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.