Til

Hikmat

Ikki narsa borki, olamda, ey döst,

Ikki narsa borki, olamda, ey döst,Aql-u huşing olib sarmast aylagay.Nafsingga har işin körsatib durust,Şaytonga hamtovoq, hamdast aylagay.Birining nomidir – mol-dunyo, boylik,Yana biri emiş mansab-martaba.Ikkisin bağrida inson toyilib,Yiqilmoq xavfida bölgay, albatta.Yo pisand qilmagay beçoralarni,Yoki zulm qilgay behad, beparvo.Mazaxlab, azoblab ovoralarni,Yana işratida aylagay davom.Çunki mast odamning bölmagay aqli,Közi kör, quloq kar, qalbi ölikdir.Majnun kabi yangrab har bitta naqli,Işi yiğlagulik va kulgulikdir.Haq sözni qilmagay qabul heç qaçon,Tegrasida qolmas haq ahli ham heç.Keça-yu kunduzi kasbidir isyon,Ğaflatga çökkaydir tong, şom, erta, keç.Hasad sirtmoğida böğilgay böyni,Oçközlik zahriga tanasi tölgay.Fitnadan iborat har bir öyini,Riyo uning uçun ibodat bölgay.Şu qadar jahlga botgay, şu qadar –Qattol-u, battol-u, kazzob-u habis;Köziga razolat körinmas xatar,Balki tubanlikni tutgaydir anis.Qatl-u çirkinlikka tölgay-u, ammoZohiri gul kabi gözaldan gözal.Birovning boşiga solmasa balo,Uning-çun yaxşi iş şuldir mukammal.Mansab-u mol-dunyo mastligi – ofat,Mahol bu ofatdan qolmoqlik salim.Başarti, körsatib rahmat-u şafqat,Xudo qutqarmasa, qutqarmas heç kim!Akrom MALIK

2 540marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.