Iymon
Eng uluğ ne’matdir bilmoq Xudoni,
Eng uluğ ne’matdir bilmoq Xudoni,Xudoni tanimoq, Unga siğinmoq.Undan kutib har ne lutf-u atoni,Soğinsang, Xudoning döstin soğinmoq.Lekin azob erur, iztirob, evoh,Xudoni tanib, söng qolmoğing karaxt.Bölmoq lozimdirki, huş ila ogoh –Xudoni eslamoq har dam buyuk baxt.Xudoni tanigan bölsang, ey aziz,Bu şodlik hissini çuqurroq tuygil.Qoyim böl, egil va har kun çökib tiz,Izzatli boşingni sajdaga qöygil.Turfa musibatlar çiqsa yölingdan,Turfa lazzatlardan qolsang gar yiroq –Bu işlarning bari, işon, dilingdan,Xudoni eslagil degan qönğiroq.Qalbingni nojoiz öy-la bulğatma,Dunyo sevgisiga sezma ehtiyoj.Eng katta yaxşilik qulga eslatma:Xudoga muhtojsan, muhtojsan, muhtoj.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.