Til

Hikmat

Insonlardan ranjima, özing ham insondirsan,

Insonlardan ranjima, özing ham insondirsan,Gohida oqil bölsang, gohida nodondirsan.Nuqson-u xislatingga boqib, köp hayrondirsan,Hayron bölma, har işning gözal hikmati bölsa,Buni anglar hikmatga kimning himmati bölsa.Odamzodni töldirgan har nuqson-u, har xatoBildirgayki, eng komil, mukammal Zotdir Xudo.Avval sevgi, söng hijron Özi qilgay-u ato,Boşga tuşgan bu ajib, aql yetmas savdolar,Xudoga borar yölni oçgaydir bu ğavğolar.Kimki yomonlik qilsa, nafrat etmasang undan,Yaxşilik qilgandan voz keçmasang turfa kunda,Qalbingning sof ekani ayon bölgaydir şunda –Balki qalbing sof bölgay şunday hodisa ila,Başarti yaşasang sen Xudodan hikmat tilab.Tuproqqa boq – ne ibrat – hamma tirik böynida,Ölgaç, yana joy berar öliklarga qöynidan.Ammo isyoni yöqdir – öt çiqmas öyinidan,Haqning hukmiga mudom taslim böl tuproq kabi,Şoyad, falaklar uzra hosil bölgay matlabing.Akrom MALIK

2 770marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.