Til

Iymon

Xudo deb dunyoga qul bölgan kaslar,

Xudo deb dunyoga qul bölgan kaslar,Şayton otaşida kul bölgan xaslar,Goho xato qilsa adaşib nafslar,Malakdek tutasiz özingizni pok,Göyo pok köngil-u, pokiza idrok!Dunyo muhabbatin qilolmasdan salb,Kibr-u jaholatga topşirganlar qalb!Iblisning amriga bel boğlagan alp,Mör kabi xastaga ne zulm aylagaysiz,Dili şikastaga ne zulm aylagaysiz!Haqning hikmatidan ğofildir, ğofil,Haqning rahmatidan ğofildir, ğofil,Fitnasi salosil, sözi halohil,To ulardan yiroq qilgil, Xudoyo,Faqat Seni sevsin bu dil, Xudoyo!Şayton duşman erur inson zotiga,Inson esa minib nafsning otiga,Boqmasdan aqlning, dilning dodiga,Istidroj domiga tuşib boradir,Çöqqiga öq misol uçib boradir.Fasllar almaşar, yillar almaşar,Söqmoqlar almaşar, yöllar almaşar.Tutganing madadkor qöllar almaşar,Ammo odamiylik almaşmasin heç,Aql zulmat aro çalkaşmasin heç!Biz-da malak emas, sörasang agar,Içda şayton töla, körolsang agar…Köngilni qor bosgan kurolsang agar,Lek Haqdan yuzimiz burmadik zinhor,Iblisga qöşni uy qurmadik zinhor.Otaşga tuşsak ham, yo Xudo dedik,Nafsga ergaşsak ham, yo Xudo dedik!..Çunki har ne kelsa, bir ato dedik,Biz yomonlik dedik, yaxşi çiqdi lek,Yaxşi dedik, ammo undan keldi kek.Bandaning aqlida bor emiş nuqson,Ul nuqson şifosi adabdir, işon.Adabdan mosuvo kaslar heç qaçonAqlining nuridan topmagay foyda,Qadam bosib hatto çiqsa ham oyga!Xudoyim, bizlarga insof ber, insof,Köksimizni kindan Özing ayla sof.Qilsang, faqat Haqqa qilgaysan vassof,Işqing qalbimizni töldirsin butkul,Nafsimiz ul işqda kuyib bölsin kul!Akrom MALIK

3 540marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.