Til

Sevgi

Ixtiyorsiz böldim sevgi bobida –

Ixtiyorsiz böldim sevgi bobida –Qalbim muhabbatin berk tutolmasdim.Hamişa mast edim işq şarobidan,Junun zanjiridan qutulolmasdim.Heç kas anglamadi sözimni, heç kas,Na hikmat ahli-yu, na irfon ahli.Bu bobda zuhhodning işi körlik, bas,Na zuhhod, na sajjod, bal inson ahli.Aqlimni uçirdi, huşimni oldi –Işqning bedodligi, ma'şuqning zulmi.Ahli doniş esa oyoğim çaldi,Ahli tuhmat soçdi böhtonlar tuxmin.Juhholning moyildir qalbi fasodga,Sotqinlar işq nedir – bilmagay aslo."Işq!" – degan oriflar uçrab kasodga,Kazzob ekanligi foşdir doimo.Qalb qoldi oyoqlar ostida xor-zor,Ruh çekdi olovda yongan quşdek oh.Vayronaga qaytib aql-u huş hamkor,Şod böldi rahmoniy tuşdek xayrixoh.Sevmoqda ixtiyor yöq bölganidek,Kuydim alangada telbavor, majnun.Kaftimda tutganim çöğ bölganidek,Közimdan oqizdim ne durri maknun.Qadarning qölida asirman, hurman,Öz holidan xursand – qulman, baxtiyor.Neçuksan deb aslo holimni sörmang,Osiyni anglamas ahli taqvodor.Zuhdning osmonida qoqingiz qanot,Hikmat daryosidan qonib içing suv.Biz esa özsizlik bağrida, hayhot,Bor bölmoq köngilga soladi qörquv.Akrom MALIK

3 660marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.