Iymon
Boşimga ne musibat tuşsa,
Boşimga ne musibat tuşsa,Öldir meni demadim, Xudo.Sen haqingda yaxşi gumondanÖzgasi heç kelmadi, Xudo.Senga doim işondim faqat,Berganingga quvondim faqat,Gunoh qilsam şu, yondim faqat,Jahannamda yondirma, Xudo.Zikring böldi dilning jannati,Balki oşiq qulning jannati,Senga tomon yölning jannati,Jannatingdan çiqarma, Xudo.Öz nafsimga yetmaydi kuçim,Şaytondan ham köp erur öçim,Oxiratga yaroqsiz köçim,Şafqatingga zordirman, Xudo.Goho sevdim inson zotini,Tuydim işqning aççiq totini,Lekin yana Senga botinib,Muhabbating sörayman, Xudo.Sevganlarim soldilar alam,Çekdim uzoq musibat-u ğam,Köksim içra miltillagan şam —Özing yoqding, öçirma, Xudo.Kimki kirgan bölsa qalbimga,Öynab yurgan bölsa qalbimda,Xanjar urgan bölsa qalbimga,Unutdim-u, qutuldim, Xudo.Bergan bölsang qanday xuş ne'mat,Kimga öng-u, kimga tuş ne'mat,Barçasi xuş, barçasi qimmat,Şukur qildim bariga, Xudo.Uzoq yaşab, ibodat qilsam,Senga butkul itoat qilsam!Muhabbatdan imorat qilsam,Sendan şuni sörayman, Xudo.Zarraça ham gunoh istamam,Sendan bölak dodxoh istamam!Sendan bölak panoh istamam,Istagimga yetkazgil, Xudo!Ğaflatlardan aylagil xalos,Borliğimga ato et ixlos!Qulim desang ayriça va xos,Bundan bölak ne kerak, Xudo!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.