Til

Hayot

Salom, ey bolakay! Yana keldingmi,

Salom, ey bolakay! Yana keldingmi,Har safar kelişing menga ma'lumdir.Uşbu haqiqatni yaxşi bildingmi —Haqdan keçmoq bu tiriklay ölimdir.Uzoq ket, yana ham uzoqroqqa ket,Qutulmoqqa urin, harçand uringin!Turfa xil murod-u maqsadingga yet,Davralarda şodon, mağrur köringin!Op-oçiq yaralar bitmay qolgaydir,Mumkin bölmas aslo ğamni aritmoq.Kökragingga nafas yetmay qolgaydir,Böğzingni siqqanda biz solgan sirtmoq.Bir lahza şodlangin, şod bölgil bugun,Ammo tugab borar har kuni toqat.Bu şunday arqonki, bu şunday tugun,Boğlagan qöl uni yeçolgay faqat!Senga yordam bergim kelsa-da, lokinHolingga jim boqib, kulgayman sokin.Akrom MALIK

1 850marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.