Til

ONA ÖZ QIZINING BAXTLI BÖLIŞI UÇUN QANDAY HISSA QÖŞA OLADI?

ONA ÖZ QIZINING BAXTLI BÖLIŞI UÇUN QANDAY HISSA QÖŞA OLADI?

Ayolning baxti faqat oilasi bilan tugaldir. Oilasi bölmagan ayol baxti kemtikdir. Hatto uning qalbi juda ham siniq böladi. Oilaning ustuni esa erdir. Er bölmagan xonadon quyoşsiz osmon, oysiz tun kabidir. Er oilaning boşi, yölboşçisidir. Uni ranjitiş, haqoratlaş, sözini sindiriş, boşini egiş, qalbini oğritiş mumkin emas.

Xalq bejiz "Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin" deb aytmagan. Bu maqolda xotinga juda katta kuç nisbat berilyapti.

Ona öz qizining baxti uçun eng katta işni qiladigan zotdir:

1. Iffatli qilib tarbiyalaydi. 2. Rözğor işlariga epçil va uddaburon qilib yetiştiradi. 3. Eriga şirinsöz va fahmli, sabrli va itoatli bölişni singdiradi. 4. Oqila bölişga - foyda va zararni farqlab, foyda tomonda turişga örgatadi. Foyda bu iymon va adabni saqlab qolişdir.

Bu işlar qiz erga teggunça böladi. Ammo onaning vazifasi bu bilan bitmaydi, qizining baxt qasrini qurişda, mustahkamlaşda davom etadi:

1. Qiziga erni yomonotliq qilmaslikni, er sirini sotmaslikni örgatadi. 2. Qaynonadan xafa bölmaslik hamda qaynota köziga tik boqmaslik ta’limini beradi.

Asosiysi -

har-har zamonda kuyovining özidan qiziga bildirmay samimiy bölib söraydi: "Qizimda qanday kamçiliklar bor? Özini qanday tutyapti? Fe’li aynimayaptimi? Dangasalik qilmayaptimi? Siz ayting, men nasihat qilaman, inşaaAlloh!"

Kuyov uçun qaynona onadekdir.

Ona esa eng yaqin döst. Onaga ayrim sirlarni aytiş mumkin. Xususan, xotiningga tarbiya berişga şay, mard va oqila qaynonangga ayrim mulohazalaringni aytsang, u qiziga nasihat qilsa, qiz, albatta, ona sözini oladi.

Şu tariqa oila qal’asi mustahkam turadi. Ofiyat va baraka, baxt va quvonç bu qal’a ahlini tark etmaydi, Xudo xohlasa.

Kördingizmi, ona (ayol) oila uçun naqadar muhim va uning örnini heç kim bosa olmaydi!

3 350marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ERGA ITOAT VA SADOQAT AYOLGA BAXT KELTIRADI

    Oilada er rahbar bölmasa, öğillar qiztabiat, qizlar erkakşoda ösadi. Oila mayda muammolarga öralaşadi. U oiladan yetuk şaxsiyatlar çiqmaydi. Çunki kuçli va hurmatlangan er…

    1 daqiqa

    ULUĞLARGA XATOLARINI AYTIŞ QANÇALIK TÖĞRI?

    Yangi deya atalayotgan zamonda söz erkinligi atalgan bir afyun jamiyatlarga içirildi. U erkinlikka köra, har kim oğziga kelganini aytiş adabsizligini qölga kiritdi. Istibdodning…

    1 daqiqa

    NASAB BILAN KIBR QILMA

    Nasab, zot, nasl göyo kon kabidir. Konda tillo bölsa, ming yil ötib ham öşa tillo çiqadi. Kumuş bölsa, kumuş, temir bölsa, temir, gavhar bölsa, gavhar, kömir bölsa, kömir. Ya’ni…

    2 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.