Til

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. — rasm

Assalomu alaykum!

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Yöldoşxon Isayev domla işlar edilar.

Öta kamtar, samimiy, kirişimli, kibrdan mutlaqo yiroq, xokisor va gözal xulqli inson edilar.

U kişi bilan bir marta markazga borganda körişganman.

Bir neça marta telefonda gaplaşganman.

Turkiyadagi Töpqopi muzey-kutubxonasiga onlayn a'zo bölolmagan edim, ariza töldirganman-u, qabul qilişmayotgan edi. Borganimda Yöldoşxon akaga gapdan gap çiqib aytdim. Darhol qönğiroq qildilar. Öşa yerda Sarro degan qiz işlarkan, şu ondayoq u orqali meni kutubxonaga onlayn a'zolikka tasdiqlatdilar.

Juda hayron qoldim: nahotki, şunday oson va beğaraz yaxşilik qiladigan odamlar bormi deya.

Çunki vaqt ötgani sayin bunday yaxşilik qiladiganlar haddan taşqari kamayib ketayotgani sababli heç kimdan biror yaxşilik kutmay qöygan edim. Hatto dunyoda biror odam xolis yaxşilik qilişga qodir bölmay qolyapti degan tuşkun öy ğolib böla boşlagan edi menda.

Balki şu tariqa insonlar bir-birlarining xolis yaxşilik qilişlariga işonmay qöyişsa kerak.

Domla bilan yaqinman, qadrdonman deb ayta olmayman.

U kişi hamma qatori menga şunçaki yaxşilik qilib ketdilar deb öylayman.

Eslaridan ham çiqib ketgandir.

Bugun eşitib qalbim mahzun böldi: Domla Yöldoşxon Isayev boqiy dunyoga ketibdilar.

Allohim rahmatiga olsin.

Xulqda, kamtarlikda, xokisorlikda, heç narsaga da'vo qilmaslikda Yöldoşxon akaga öxşaşni orzu qilaman.

Robbim, bir gözal xulqli, yerni ham ozorlamay deya ehtiyot bölib bosib ötgan mömin bandangni qabul et va gözal muomala qil!

Gunohlarini keçir va rahmating bilan örab ol!

Omin, ya Robbal olamiyn!

Ildirma:

Domlaning qisqa daqiqalik nutqlari:

https://www.youtube.com/watch?v=eNFJVwXHD-0

1 880marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OZOD INSON FALSAFASI

    Birinçi bob Manzara Hozirgi kunda kuzatilayotgan holat, menimça, bunday: yoşi kattalarda mas’uliyat hissi kamaygan, ular yoş avlod, xususan, öz farzandlari kelajagi va axloqi…

    7 daqiqaOzod inson falsafasi

    OZOD INSON FALSAFASI

    Kirişsöz Qöliga qalam berilgan odam jamiyatdagi savollarga javob izlaydigan odamdir. Boşqalarni qiynab turgan masalalarni hal qiliş bilan şuğullanadi. Şu ma’noda u mutafakkir…

    2 daqiqaOzod inson falsafasi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.