Ozod inson falsafasi
OZOD INSON FALSAFASI
OZOD INSON FALSAFASI
Kirişsöz
Qöliga qalam berilgan odam jamiyatdagi savollarga javob izlaydigan odamdir. Boşqalarni qiynab turgan masalalarni hal qiliş bilan şuğullanadi. Şu ma’noda u mutafakkir deyiladi. Har bir qalamkaş mutafakkir bölişga majbur.
Biz yozişga kirişayotgan navbatdagi risola ilmiy tadqiqot yoki badiiy asar emas, publitsistika yoki sentimental bitiklar ham emas. U kimgadir nafrat soçişni yo kimgadir mehr sotişni reja qilmaydi. Bu asar şu keça-kunduzda mana şu şakl va mana şu suvratda tuğilişi lozim edi. Çunki bu asarga keça ehtiyoj sezilmagan bölsa, ajab emas. Yozilişi keçiksa, balki dolzarbligi qolmas. Har holda, bugun mazkur mavzuda yozişga muallif bir majburiyat his etdi.
Xudodan yordam sörab, uni tezda yakunlaşni orzu qiladi.
Kitobning mavzusi bugungi kun odamlarning xayollari, orzulari, yaşaş tarzlari, fikrlari, qaysidir ma’noda, e’tiqodlarining tavsifi, tahlilidan iboratdir.
Kitob odamlarni ozod bölib yaşaşga da’vat qiladi. Şubhasiz, bu da’vatning eng mumtozlaridan biri Aziziddin Nasafiyning “Komil inson kitobi” edi. Keyinçalik Ğarbda ham odamni turli iskanjalardan ozod qilişga urinişlar böldi. Lekin hamon maqsad uşalmagandek – Ğarb modellaştirgan odamlar ozod bölamiz deb tuşkunlik, zerikarli kayf-u safo hamda tiyiqsizlikka asir tuşgandek. Bu zindonga hammani tortişni istaşayotgandek.
Kitob köproq özbek jamiyatidagi bugungi fikriy jarayonlarga diqqat qaratadi. Imkon qadar barça qatlamlarni qamrab oliş maqsad qilingan. Bu ilojsiz bölsa, eng köp ta’sir ötakazayotgan fikrlarga diqqat qaratiladi.
Tavsif jarayonida muayyan şaxslar yoki guruhlar zikr etilmasligi mumkin. Bu, şunçaki, muallifning tanlovi.
Kitob yoşi kattalarga qiziqarli tuyuladimi, yöqmi, noma’lum, lekin köproq yoşlarni fikrlaşga jalb etiş yölida qoğozga tuşmoqda. Kitob muayyan mafkura yoki qaraşni singdiriş yölidan bormaydi.
Balki har bir aql egasini jarayonlar daryosida oqib ketmaslikka çaqiradi; hodisalar botqoğiga çökmaslikka da’vat etadi, biz qayerdamiz, nimalar qilyapmiz, qayoqqa ketyapmiz degan masalani ikir-çikirigaça muhokamaga tortadi. Muhokamadan heç kim çetda qolmasligi ehtimoli katta. Muhokamada muallifdan tarafkaşlik kutmang. Muallif adolat va haqgöylik tarafida turişga kuçini sarflaydi.
Kitob milodiy XX asr oxiridan boşlab XXI asrning 26-yiliga qadar bölgan vaqtda köproq yurtimizdagi fikriy evrilişlarni markazga olib çiqadi. Bugungi tala-töp va tezkorlikning tub sabablarini kötaradi. Ruh va aqlning qanday öğirlanib, şahvat va nafsning, jaholat va razolatning qanday muzaffar bölayotganidan söz yuritadi.
Fikrimizça, youtubeda keyingi beş yilda urçigan safsatabozliklarni hisobga olmasa, bu bobda tizimli tahlil mavjud emas. Kitob haqida esa hali gap bölişim mumkin emas. Çunki barça tahlillar siyosiy yönalişda bölgani uçun kutilgan maqsad – qayoqqa ketyapmiz va nimalar bilan bandmiz degan savolning javobi oçiq qolaveradi.
Kirişsözimizning oxirgi satrlari xususiylaşib qoldi. Demak, kitobning ayrim örinlarida muallifning şaxsiy mulohazalari ham körinib qolarkan, buni ham hisobga olib öqiysiz degan umiddamiz. Hozirça mundarijamizda bugungi kun bahslari, ma’naviy-fikriy kontekst, ğarb bilan integratsiyalaşuv, taraqqiyot şiddati, kişilar ruhiyati ilk mavzu bölsa, keyin insonni uşlab turgan iskanjalar haqida söz yuritsak kerak.
Heç qaçon hamma sözimiz töğri bölmaydi, xato ifodalardan ham töğri va haq mazmunni anglaşingizdan umidvormiz.
Duolaringizga muhtojmiz, tavfiq Allohdan.
Hurmat bilan Akrom Malik.
Çorşanba oqşomi, 16-sentabr, 2026-yil, 21:43. Toşkent şahri.



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.