Iman invest mojarosidan körilgan foydalar:
Iman invest mojarosidan körilgan foydalar:
1. Musulmonlarning bahs madaniyati qançalik şaffof va xolisligi körindi: muxolif taraflar imkon qadar adab çegarasida tura oldilar.
2. Musulmonlar bir-birlarini tinçlantirib, radikalizmga yöl qöymasligi isbotlandi: hamma aql egalari darhol aql va hikmat, sabr va bosiqlik ila iş tutişga da’vat qildilar. Bu holat vaziyatni sokinlaştirdi.
3. Musulmonlar ilm egalariga ergaşişi yuzaga çiqdi: farosat egalari öz zaif aqliga tayanmadi va ommaning katta qismi ilm ahlining söziga quloq tutyapti.
4. Musulmon olimlarining mas’uliyat egasi ekani asoslandi: olimlar vaziyatga kerakli fursatda aralaşib xolislik ila masalani hal qilişga hissa qöşmoqdalar.
5. Iman invest Yangi Özbekiston mevasidir. Uning jamoasi ham yoşlardan iborat. Qança xatolari borligiga qaramay, ular halol va samimiy ekanliklari kunday ravşan böldi: ular muammoli şaroitda eng töğri axloqda – vazminlikda tura oldilar.
6. Musulmonlarning haq masalasida e’tiqodi tajalliy qildi: ular Allohning çegarasini buzmaslikni oliy qadriyat bilişlari, haromdan hazar qilişlari körindi.
7. Musulmonlarda halol moliyaga ehtiyoj borligi dalillandi.
8. Asosiysi, Yangi Özbekiston xalqi, ayniqsa, yoşlari şunday muammoli vaziyatlarga doş beradigan axloqiy immunitet va töğri tafakkurga erişib borayotganlariga şohid bölyapmiz.
9. Yana ham asosiysi, musulmonlar jamoasi fitna evaziga özlariga qimmatli bölgan tuzilmani yöq bölib ketişiga yöl qöymasliklarini körmoqdamiz. Ya’ni şu yurt farzandlari mehnat qilib tiklagan bir tuzilma şunçaki halok bölmasin deya Özbekiston musulmon olimlari yeng şimardilar, befarq bölmadilar, çet ta’limini olgan bir tajribasiz odamning xatosi oğir oqibatlarga olib kelmasin deya kuraşmoqdalar.
Bularning hammasi faqatgina erkin şaroitda amalga oşadigan işlardir.
Bu hodisalar jamiyatning organik hodisa ekanini, ilm ahllari ilğor bölgan jamiyat öz muammolarini intellektual qatlam istişori asosida tabiiy hal qila olişini ham isbotlaydi.
Bu hodisalar Prezidentimizning bağrikeng va hikmatli siyosati qançalik töğri ekanini isbotlaydi.
Şu kunlarga yetkazgan Xudoyimga şukurlar!
Parvardigorim, bu işlar oxirini yanada xayrli et va musulmonlar ahilligiga bir vasiyla ayla!
Omin!
Akrom MALIK



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.