Til

Hamişa sizlarni eslab, haqqingizga duo qilmoq biz şogirdlar burçidir. Ammo maxsus kun ustozlar uçun atab…

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlarim!

Hamişa sizlarni eslab, haqqingizga duo qilmoq biz şogirdlar burçidir. Ammo maxsus kun ustozlar uçun atab ajratilsa, bu baribir yaxşi ekan – bevafo dunyoning çangalidan bir muddat ajralmoq, sizlarni ziyorat qilmoq va yana bir bor diydorlaringizdan bahramand bölmoq mumkin böladi.

Ustozsiz heç iş yöq. Ustozsiz heç bir eşik oçilmas. Ustozsiz olam zulmatdir.

Bugun muallim va murabbiylar kunida xotiram kitobini varaqlab, har bir ustozimni esga olgim va ular menga nimalarni örgatganlarini zikr qilgim keldi.

Eng avval maktabda menga harf tanitgan va qöllarimdan uşlab, yozişni örgatgan muallimam — Salimaxon opa Norxonovadir.

Intizom, tartib va fidoyilik Salimaxon opaning butun vujudiga singib ketgan edi. Men uçun u kişi hamişa tom ma’noda klassik muallima bölib qoladilar.

Maktab direktori Dadaxon aka Otaxonov, u kişining qizlari E’tiborxon opa;

meni doimo qöllab-quvvatlagan til adabiyot muallimamiz Muqaddas opa Dadaboyeva;

ijodkor bölişimni hammadan köp istagan Dilnavoz opa Şokarimova;

tarix faniga muhabbat uyğotgan Muyassar opa Ergaşeva;

oqila va donişmand muallimam Matluba opa Mirsoatova;

menga favqulodda öta ixlosli bölgan rus tili ustozlarim

Dilfuza opa Tursunova;

Dilfuza opa Qudratova;

Şahlo opalar;

kimyo ustozlarim Dilnoza opa;

Dilfuza opa Jumaboyeva;

öta madaniyatli va çuqur ilm sohibasi til va adabiyotdan ustozimiz Dilafruz opa Jumaboyeva;

dunyoqaraşimni rosmana hayotga moslaşmoğida xizmat qilgan ustozlarim Umrzoq Norboyeviç, Baxtiyor Isroiloviç;

yoziş mahoratini va tahrirni örgatgan ustozlarim Anvarxon aka Ahmedov, Sobirjon aka Inomov;

gazeta işidan ta’lim bergan Töxtamurod aka Hasanboyev –

bu muhtaram ustozlarimning barçasi dorulfununda talaba bölgunimça menga yöl-yöriq körsatganlar, ilm berganlar.

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida akademik Şuhrat Sirojiddinov;

mumtoz adabiyotdan Dilnavoz opa Yusupova;

ma’rifatçilik adabiyotidan Nurboy Jabborov;

jahon adabiyotidan Uzoq Jöraqulov;

kamtar inson rahmatli Dilmurod Xoldorov;

adabiyotşunoslik nazariyasidan Bahodir Karim;

adabiy tanqiddan Abduğafur Rasulov;

qadimgi davr adabiyotidan Nasimxon Rahmon;

folklordan Omonulla Madayev;

tasavvuf tarixidan Hamidulla Boltaboyev;

odob va axloqdan Abdumurod Tilavov;

matnni tuşuniş va sinçiklab asosli tahlil qilişdan Raşid Zohid;

tilşunoslikdan Abdurauf Roziqov rahmatli domlam hamda Baxtiyor Mengliyev;

hayotimning har qadamida yöl körsatib, har tomonlama ibrat bölgan navoiyşunos ustozim Olimjon Davlatov kabi gigantlar ta’lim berganidan, ularning talabasi ekanimdan baxtiyorman.

Şunday buyuklardan saboq olişni nasib aylagan Allohimga hamdlar bölsin!

Vaqt ötib, öta adabsiz bir talaba bölganimni anglab yetdim.

Barça quloqsizliklarimdan afsus va nadomatdaman. Tavbalar qildim.

Ustozlar qadri va maqomini bugun biroz anglagandekman.

Inson çin ma’noda şogird va ilm tolibi bölişi eng buyuk bir daraja ekani bugun menga kunday ravşan.

Men bu aziz zotlarni ustoz deb bildim, ular meni şogird desalar, bu kamina uçun bir iltifot bölur edi.

Şu onlarda ularga yoşlik va sarkaşlik yuzasidan körsatgan adabsizliklarimni afv etişlarini sörayman.

Barça talabalarga aytgan bölardimki, ustozlarning heç birini ranjitmang. Qobiliyatingiz oşib-toşib ketsa ham, ma’lumotingiz miyangizni töldirib taşlasa ham, özingizni bosing.

Bu ustoz kuçli, bu kuçsiz demang.

Özingizga kerakli ilmlarni oling va ustozlarning ham ilmini, ham duosini oling! Şunda aslo afsuslanmaysiz!

Aziz ustozlarim!

Sizlardan qarzdorman. Heç bir xizmat va minnatdorçilik bu qarzimni uzişga yetmaydi.

Bayramingiz bilan tabriklayman!

Umringiz uzoq bölsin, şarafingiz mudom yuksakda porlasin!

Xolis va fidoyi xizmatlaringiz bilan buyuk Vatanimiz, uluğ xalqimiz farzandlarini tarbiyalab, ta’lim berişdan aslo töxtamang!

Robbim barça xayrli işlaringizni qabul aylasin!

Ikki dunyoda yuzingiz yoruğ bölsin!

talabangiz Akrom Malik.

3 340marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

    Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Yöldoşxon Isayev domla işlar edilar. Öta kamtar, samimiy, kirişimli, kibrdan mutlaqo yiroq, xokisor va gözal xulqli inson…

    1 daqiqa

    OZOD INSON FALSAFASI

    Birinçi bob Manzara Hozirgi kunda kuzatilayotgan holat, menimça, bunday: yoşi kattalarda mas’uliyat hissi kamaygan, ular yoş avlod, xususan, öz farzandlari kelajagi va axloqi…

    7 daqiqaOzod inson falsafasi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.