Til

Kitob öqiyapman degan edim. P.Merimening "Tamango", "Qöşxato" va şu kabi novellalarini öqib tugatdim.

Kitob öqiyapman degan edim. P.Merimening "Tamango", "Qöşxato" va şu kabi novellalarini öqib tugatdim. Turli qahramonlar, real çizgilar. Oriyat va pastkaşlik örtasida örtangan yuraklar va hokazo. Inson tabiatidagi turli xususiyatlar şafqatsizlik va xotirjamlik ila foş qilingan. Ammo yozuvçining tomoni aniq körinib turadi: u dinga tanqidiy qaraydi va odamlarning erkin hayotga çaqiradi va uni jozibali körsatadi. Insonlar muayyan tuşunçalarni, masalan, erk, huquq, vijdon, halollik kabi katergoriyalarni işlab çiqib, şunga muvofiq yaşaşlari kerak degan bir içki ma'no matnlar oralab sizib yuradi va bildirmasdan içingizga ham ötadi. P.Merime matnlaridagi odamlar, ya'ni ijobiy qahramonlar dindan uzoq va hissiyotga kömilgan kişilar. Nega din masalasini qöşyapman? Çunki har kim kitobni öz e'tiqodidan kelib çiqib öqiydi va baholaydi.

***

"Yanki va qirol Artur"ni ham tugatdim. Mark Tven yozgan. Satirik roman deyilgan bu xayoliy bitiklarni inqilobiy ruh va yangi davr tarğiboti uçun yozilgan deb öyladim. Yanki tili bilan muallif örta asrlarni jaholatda, odamlarni ongsiz deb tasvirlagan, nasabga suyaniş va çerkov hokimiyatini keskin tanqid qilgan, oliynasab insonlarni nasabidan boşqa heç narsasi yöq deb mazax qiladi, qirol hokimiyati vakillarini şafqatsiz va ahmoq qilib körsatadi. Yanki öziça yangi davrdagi demokratiyani, tenghuquqlilikni 7 asr Angliyasiga singdirişga urinadi. Köp örinlari ertaknamo tus olgan. Mark Tven tafakkurini şu asar misolida juda ham keng va qamrovli körmadim, öz davri va yangi ğoyalarga, insonlarni konservatizm va an'analardan uzişga çoğlangan, siyosatni boş planga qöygan bir qalamkaşga duç keldim.

***

Standalning "Parma ibodatxonasi" romanini boşladim, Italiya va Fransiya bilan boğliq voqealar tilga olingan. Boş qahramon Fabsitsio ismli yoş yigitça, hali asarning boşidaman, kam-kam öqiyapman. Dastlabki xulosa - P.Merime, M.Tven, Stendal - bular hammasi bitta qozondagi odamlar. Örta asr Ovruposini keskin tanqid qiladi va yangi dunyoga qadam qöyişni xohlaydi, yangi va erkin fikrlarni zör berib badiiyatga singdiradi. Qani, öqiyveraylik-çi.

4 370marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Turmuşning oltin qoidasi:

    Xotinlar eridan tanbeh eşitmaslikni maqsad qilmasin. Tanbeh, tarbiya hayotning ajralmas bölagi. Xotinlar Alloh uçun erni rozi qilaman desin. Hamma muammo hal böladi. Xudoni rozi…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.