Mutolaa doimiy hamrohimiz bölişi kerak. Sohamdan kelib çiqib faqat hazrat Alişer Navoiy asarlarini öqiyman.
Mutolaa doimiy hamrohimiz bölişi kerak. Sohamdan kelib çiqib faqat hazrat Alişer Navoiy asarlarini öqiyman.
Lekin bolalikda, ösmirlik va talabalik yillarimda öqigan ayrim kitoblarni varaqlaşga vaqt topa boşladim.
Bu yölda, taomlaniş vaqti va hokazo. Ammo har kuni yarim betdan bölsa ham öqiyapman.
Şunday kitoblardan biri fransuz adibi Prosper Merimening "Töqqizinçi Karl saltanatining yilnomasi" kitobi böldi. 1986-yil Toşkentda, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotida çop etilgan.
Vaqtimdan kelib çiqib kitobdagi "Mottoe Falkone" novellasi haqida qisqa yozaman bu safar.
Ön yoşli öğil uyidan panoh söragan jinoyatçini soat evaziga sotib qöyadi. Ota esa uning bu xiyonati uçun otib taşlaydi.
Hikoyaning muxtasar mazmuni şu.
Men uçun bu hikoya insoniyatning yangi davr - 19-asrdan avvalgi vaqtda yaşagan vakillari qaysi jöğrofiy makonda yaşamasinlar, ayyorlik, makkorlik, sotqinlikni keçirmagani, mardlik va sodiqlikni hamda qat'iy an'analarga mustahkam itoat etgani haqidagi tasavvurni berdi.
Umuman novella haqida köp gapiriş mumkin. Qisqasi şuki, bu hikoya ajdodlar qadriyatining halok bölişi haqidagi fojiadir. Ota pokdil va kuçli, kuraşçan va yengilmas bobolar tamsili bölsa, bola buzilib, yengiltaklik qilib, dunyoga aldangan avlodlar portretini tasbit etayotgandek.
Prosper Merime ijodi haqida yana alohida gaplar bor. Yozuvçi tutumi, hayotga, ijodga yondaşuvini keyingi novellalar tahlili orqali tanib boramiz.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.