Xorxe Lui Borhesni bilsangizlar kerak? Xulio Kortasar degan yozuvçi bilan muosir. Argentinalik adiblar.
*** Xorxe Lui Borhesni bilsangizlar kerak? Xulio Kortasar degan yozuvçi bilan muosir. Argentinalik adiblar. Borhes kutubxonaçi bölgan ekan va tarjimon Şarif Ahmadning hayajon töla sözboşisida juda ham uluğlangan. Darvoqe, kitobning nomi "Al-Muhtasimga yaqinlaşuv", Akademnaşr mahsuloti. Hikoya deb atalgan ikkita bitigini öqidim. Birinçi Averroes haqida. Bu odam aslida ibn Ruşddir. ibn Ruşd haqida google yoki yolğonçi ChatGPTdan sörab körarsiz. Hikoyaning mazmuni şuki, ibn Ruşd Arastuning Poetikasini öqib, tragediya va komediya atamasini tuşunmay ötiradi. Şunda bir suhbatdoşi unga Xitoyda körgan teatr spektakli haqida gapiradi. Aslida, uning gapir ana şu tragediya va komediyani tuşuniş uçun kalit edi, lekin Averroes buni bilmaydi. Poetikaga şarh yozib, tragediya madhiya, komediya duoibaddir deb qayd qiladi. Ya'ni u bu atamani ana şunday tuşunadi. Borxes hamma Botiş nosirlari kabi tepaga çiqib olib, butun insoniyatga bepisand qaraydi, ayniqsa, Islomni tuşunmay turib Islom allomalari haqida bemalol mulohaza qilaveradi. Holbuki, Islom haqidagi qaraşlari öta sayoz va biryoqlama bölib, uning yondaşuvi zamirida dinni inson ongining mahsuli deb biliş seziladi. "Al-muhtasimga yaqinlaşuv" esse bölsa kerak, şu nomli asar haqida. Bu asarning ikkita naşrini öqib qiyoslaydi, fikrini yozadi. Bu asar Fariduddin Attor hazratlarining "Mantiqut tayr" dostonidan ilhomlanib yozilgan degan gaplarni aytadi. "Al-muhtasimga yaqinlaşuv" kitobini tahlil qilib, muallifni keyingi bosqiçda realizmdan uzoqlaşişda ayblaydi. Ya'ni uşbu asarning birinçi naşrida voqealar hayotiy, keyingisida esa xayoliy tus olgan ekan. Ya'ni asarda hamma yöllar yagona Xudoga olib boradi degan ğoyaning namoyon bölişi Borxesga yoqmaydi. Aslida, ğoya emas, yozuvçining e'tiqod tarafga ötib olişi yoqmagan deb öyladim. Şunçalik maqtalgan va öqiş uçun tayyorgarlik kerak, örtamiyona emas, elita kitobxonlari uçun deyilgan Borxes men uçun oddiy bir bitikçi bölib körinyapti, ziç tasvirlar, har xil ism va jöğrofiy nomlar, voqealarga işoralar, xayolot, vasvasalar vasfini qalaştirib bir çiziqqa tortiş san'at hisoblansa, ehtimol, kimgadir Borxes katta adibdir, lekin men uçun gödak zehniyatida qolib ketgan va savollar içida ikkilanib yaşaydigan, dunyoni modda bilan çegaralangan, modda ortida oliy aql bor degan mavhum qaraşlarni kötarib ötgan bir kişidek tasavvur uyğotdi. Endi buni borxessevarlar rad etişlari mumkin, bu mening şaxsiy qaraşim edi.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.