KEÇIRIŞ VA QALBGA XUDODAN BOŞQA KIRITMASLIK - azoblarning tugaşi, zavqu şavqning boşlanişidir.
KEÇIRIŞ VA QALBGA XUDODAN BOŞQA KIRITMASLIK - azoblarning tugaşi, zavqu şavqning boşlanişidir.
Insonlar sevgisini talab qilişda nafsning hissasi bor.
Seni kimdir sevganidan sevinmoğing nafsing lazzat tuyayotganidan dalolatdir.
Seni kimdir sevsa, sevinma. Çunki u vaqtinçadir.
Kimnidir sevsang, sabr qil. Tuyğularing haqiqati oydinlaşmoği uçun vaqt va imtihon zarur.
Qalbni Haq taolo Özi uçun nazargoh qildi.
Qalbni Parvardigor Özining tajalliy közgusi ayladi.
Qalbni Xudovandi karim iymonning makoni etib sayladi.
Unga boşqa narsani kiritsang, Ul Zotning raşkini keltirasan.
Karimul Mutaolning raşki eng qattiq raşkdir.
Qalbingni oğritib-oğritib, sevganlaringdan alamli-alamli azoblarni qoldirib sendan hammani tortib oladi.
Keyin qalbingga qarasang uning laxta-laxta qon bölganini körasan.
U qonlar sening qalbingga yopişib, et boylab ketgan begonalar suğurib, yulib olinganidan dalolatdir.
Rosa oğriydi.
Juda-juda oğriydi.
Bilasanmi, közyoşning şör ekanligini?
Közyoşing tuzi qalbing laxtalariga yoğa-yoğa bu yaralarni tuzatadi.
Çandiq-çandiqlar qoladi.
Endi bu qalbni maftun etiş gözallar uçun imkonsizdir.
Çunki qalb har bir husn ortidagi vafosizlik va makrni kördi.
Endi qalb Öz Egasiga yuzlangani ma’qul.
Uni tark etganlardan ta’na qilmasin, çunki ularning aybi yöq, ular Tangrining hikmati ila ketdilar.
Qalbingga Xudodan boşqani kirgizma.
Qalbingg eşiklarini Xudodan boşqaga oçma.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.