Til

TOP-TOZA TUHMATGA QOLIŞNING LAZZATINI BILASANMI?

TOP-TOZA TUHMATGA QOLIŞNING LAZZATINI BILASANMI?

Avval şunday iztirobga soladiki, tişlaring bir hafta töxtamay oğrisa ham bunga teng kela olmaydi.

Kimdir kötarib... yöq, Yusufni akalari quduqqa kötarib otib yuboradilar-ku, xuddi şunday: akalaring seni kötarişadi, oh,oh, maza degan payting, bor kuçlari bilan boşingni yerga qarata uloqtiradilar.

Yerga miyang bilan urilguningça hazillaşişdi deb öylaysan.

Urilgaç, köz önging qop-qora bölib qoladi.

Miyang çaqilib ketgandek böladi.

Şunda ular seni ğazab bilan, qahr va şafqatsizlik bilan yerga urganlarini anglab qolasan.

Na yiğlaş, na siqtaşga holing bölmaydi.

Keyin oradan qirq kun. Sakson kun ötadi.

Keyin köz önging yorişadi.

Şunda gunohsiz edim-ku deysan.

Akalarimga heç narsa qilmagan edim-ku deysan.

Yagona aybim ularni sevganim edi-ku deysan.

Mana şu tuhmatga uçraşning tamsili böladi.

Tuhmatga uçragaç, aqling yiğiladigan kun tuhmatga uçraşning huzurini topasan.

Axir, sen bu borada poksan.

Demak, senga tuhmat bölibdi.

Demak... bu xosiyatli bir işga öxşaydi. Haq ekanliging tuyğusidan mast bölasan.

Xudovand bilan sirdoş his etasan özingni. Çunki va U va sen bilasanki, senga tuhmat böldi. Xudo va sen bilasanki, sen bu masalada poksan.

Xudo bilan seni sirdoş qilgan tuhmatga rahmat, tuhmatçiga taşakkur.

2 230marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ORIFLARNING SIFATI

    Ilm ma’lumotlarni xotirada saqlaşdir. Hikmat foyda va ziyonni ajrata olişdir. Ilmni jamlagan odam olim. Hikmatni jamlagan odam hakim. Lekin ilm va hikmatni öz örni qöllay bilgan…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.