Til

TUPROQ BÖLIŞ, PISAND ETILMASLIK VA XORLANIŞ HUZURI izzat va köklarga kötarilişdan köra yaxşiroq ekanligini…

TUPROQ BÖLIŞ, PISAND ETILMASLIK VA XORLANIŞ HUZURI izzat va köklarga kötarilişdan köra yaxşiroq ekanligini bilarmiding?!

Odamlar seni maqtagani sayin içing kirga va qurumga tölib ketaveradi.

Közlaring kör bölib, amallaringni baholaşda paypaslanib qolasan.

Maqtayotgan va uluğlayotganlarning gaplari dillaridan çiqyaptimi. tillaridanmi. bila olmaysan.

Lekin seni sökkanlarida, malomat qilganlarida haqiqatga röbarö kelayotganingni tuşun.

Özing haqingdagi eng töğri sözlarni tinglayapsan. Quloqlaringga haq sözni yetkazgan Robbingga şukurlar qil.

Oğrinma. Ranjima. Rostgöyning tillaridan öp.

Seni tark etsalar, ikki kara quvonişing lozim. Çunki insonlar öz ixtiyorlaridagi işni qilyaptilar. Ular öz erklarini namoyon etdilar. Demak, odamlarning erkin va hur bölişlariga izn beribsan, heç kimni qul qilib uşlab turmayapsan, heç kimni zindonga solmayapsan. Imkon ber, imkoni bor hamma ketsin, maza qilsin!

Sen maza qil.

Çin dildan huzurlan.

Olamda qabrda yaşagandek yaşay olmaysanmi?

Ölganingda tobutingni minglab odamlar kötarişlari mumkin.

Lekin qabrga qöyganlaridan söng ketadilar. Örningdan turib biror kişini uşlab qola olasanmi? Qolinglar, ketmangizlar deya olasanmi?

Oxirgi manzil va şaksiz haqiqatning ismi Qabr-ku.

Hozirdanoq qabrda yaşagandek yaşagan odam Qabrga tuşgaç yaşaşga qiynalmasa kerak, inşaAlloh. Vallohu a’lam.

Janozangga kelganlarni hayday olmaganingdek, huzuringga kelganlarni haydama.

Qabrda seni qoldirib ketganlarni olib qola bilmaganingdek, ketganlarni olib qolaman dema.

Özgalarni ham, özingni ham erkin yaşamoğing uçun şaroit yarat. Qabrda odamlardan qançalik erkin bölsang, hozir ham erkin böl. Boşqalarning ham şunday bölişlariga tösqinlik qilma, hoşo!

2 730marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    TOP-TOZA TUHMATGA QOLIŞNING LAZZATINI BILASANMI?

    Avval şunday iztirobga soladiki, tişlaring bir hafta töxtamay oğrisa ham bunga teng kela olmaydi. Kimdir kötarib... yöq, Yusufni akalari quduqqa kötarib otib yuboradilar-ku, xuddi…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.