Insonlarni öz yöriğingizga yurgizişga urinmang, hatto u sevganingiz bölsa ham!
Insonlarni öz yöriğingizga yurgizişga urinmang, hatto u sevganingiz bölsa ham! Payğambarim sollalohu alayhi va sallam özining sevimli amakisi Abu Tolibni hidoyat qila olmadilar, toki bu haqiqat hammaga ayon qolsin!
Heç kimni heç işga majburlama. Jahannamga ketayotgan bölsa ham, özi istamasa, sen uni töxtata olmaysan. Ketma, bu jahannam yöli desangiz ham parvo qilmasa, etagidan mahkam uşlab torting, ammo şaqovatlilar etagini kesib, ketaveradilar. Bas, ogoh böl, heç kimning amali uçun, tanlovi uçun sendan söralmaydi, balki aytdingmi, bildirdingmi deb söraladi. Ha, aytdim, ogoh qildim deysan, bas. Xulosa şulki, ahli dil bölmaganlarni tark ayla va unut! U kim bölsa ham, ahamiyatsiz. Xotinmi, bolami, döstmi, farqsiz. Xudo panoh bersin. Sen öz joningni qutqar. Söfi Olloyor bobomiz aytganlaridek:
Aqorib yurmasa köngli aqorib, Qölingdan kelsa heç öltirma borib.
Ya’ni hatto qarindoşing ham pokdil va oq dil bölmasa, nasihatlar ta’sir etmasa, jaholat va qabohatdan qaytmasa, eplasang, uning uyiga, qoşiga borib ötirma, undan voz keçaqol. Lekin hidoyat sörab duo qilib tur.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.