Til

3-qism

3-qism

3-qism

Bu murid boşqa safdoşlarini yiğib, Qustantaniya bordi. Söng hammalari bir bölib, jamoat bölib, Xudoga yolvora boşladilar: zikr-u tilovatlar, istiğfor-u salavotlar aytib, ustozlariga Xaq taolo hidoyat berişini yiğlab söradilar. Bu şakldagi ibodat bir qança vaqt davom etdi. Bir kuni şayxning xalifasi, ya’ni öşa şogird tuş kördi: tuşida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib, dedilar: “Ey ummatim! Sening duolaringni Xudo qabul qildi. Aynan sening ixlosing va muhabbating sababli Xudo piringga hidoyat berdi, unga aql-u idroki qaytdi!”

Murid şodlanib, yiğlab uyğondi. Sahar vaqti ekan.

Darhaqiqat, şayx San’on şu vaqtda öziga kelib, yiğlab tavba qilar edi. Şogirdlar uni izlab bordilar va ustoz bilan körişdilar. Hamma yiğladi, heç kimning tili kalimaga kelmas edi.

Şayx ğusl qildi, kalimai şahodatni aytib qayta dinga kirdi; salla va ridolarini kiyib, Makkaga qaytdi.

Şu kuni nasroniy qiz tuş kördi: Iso alayhissalom unga dedilar: “Sening huzuringga bir valiyulloh kelgan edi? Nega uni bunça xorlading? Tezda izidan bor va uning diniga kir!”

Nasroniy qiz uyğondi va otasining bir otiga minib, qoronğuda yelib ketdi.

Yarim yölda şayx San’onga yetişdi, qilgan işlariga yiğlab tavba qildi va şayxning qölida şahodat kalimasini aytib, dinga kirdi va şu onda iymon keltirgaç joni uzildi.

Şayx unga janoza öqib, tuproqqa qöydi, Makkaga qaytib, umrining oxirigaça irşod va da’vat ila band böldi.

Bu hikoya ramz va ma’nolarga tölib-toşgan. Ayrimlarini keltiramiz: 1. Işqning quvvati şu qadarki, unga qarşi tura oladigan heç bir kuç olamda mavjud emas. 2. Işqni banda zoti davolaşga qodir emas, u egasini hamma narsadan ayiradi, nomus-u or, şa’n-u şaraf işqning qoşida heç narsadir. 3. Heç kim, qaysi maqomda bölmasin, halokatdan omonda emas, heç kimning iymoni kafolatli emas. 4. Ustoz-şogird, pir-murid orasida sadoqat va vafo bölmoği kerak. Xudo duolar va ixlos sababli har kimga najot beradi. Çin vafosi bölganlargina öz döstlarini duo bilan razolat çohlaridan qurqara oladilar. 5. Tavbadan söng heç kim ötmiş gunohlarini heç kimga eslatişga haqqi yöq. Balki tavba insonning avvalgi örniga, balki undan baland maqomga qaytaradi. 6. Bandaning işqida esini yöqotgan oşiq Xudoning yölida bundan ham kuçliroq şaklda qurbonlikka tayyor böladi.

Işq inson uçun xalos böliş yölidir. U zohirda odamni xarob qiladi, ammo qayta quradi, kaşf va qurbatni u barpo qiladi. Işq halokatli va qörqinçli vodiy, unga kiriş va undan yurişning oqibati heç kimga ma’lum emas.

Zotan, har oşiq şayx San’on atalmaganidek, uning haqqiga ixlos ila duo qiluvçisi borligi ham aytilmagan.

Bu hikoya işqning nima ekanligini körsatadigan hikoya edi.

Tugadi.

3 570marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    2-qism

    … Şayx San’on kalisoda nasroniy rohiblar içida dindan çiqdi, Islom mamlakatlarida kofirlik belgisi bölgan zunnor arqonini beliga boğladi; may içdi va Mushafni olovga taşladi…

    2 daqiqa2-qism

    1-qism

    Işq haqida eşitgan inson olov haqida eşitib, uning yoruğidan bahra olib, lekin kuymagan bir parvona kabidir. Olovda kuygaç, uning soğ vujudi qolmaydi. Kuyadi va jizğanak böladi.…

    2 daqiqa1-qism

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.