Til

2-qism

2-qism

2-qism

… Şayx San’on kalisoda nasroniy rohiblar içida dindan çiqdi, Islom mamlakatlarida kofirlik belgisi bölgan zunnor arqonini beliga boğladi; may içdi va Mushafni olovga taşladi (nauzu billah). Söng çöçqa boqqani yaylovga çiqib ketdi. Şomdan keyin kelib çerkov olovini yoqiş bilan maşğul böldi. Bu hol uç yil davom etdi. Uç yil davomida şayxning tarso qiziga bölgan işqi zarraça kamaymadi, balki ziyoda böldi; balki u qiz bilan böladigan visolni iştiyoq bilan kutdi. Nihoyat, belgilangan kun kelgaç, şayx qizning köçasiga bordi, ammo qiz unga qiyo ham boqmadi, çol uning ortidan ergaşib, va’dangga vafo qil, ey qiz dedi. Qiz unga bir qaradi-da, qari çolni yoş qiz sevganini heç körganmisan, hamma narsaga yetgan aqling şunga yetmadimi, men senga heç narsa va’da qilmaganman deya yuz burib ketdi. Şayx qotib qoldi. Umidsizlikka tuşdi va şahardan çiqib çöçqalarini boqib yuraverdi. Ittifoqo, uning muridlari içidan bir bor edi – şayx Rumga ketişidan avval uni bir vazifa bilan uzoqqa yuborga edi; bu murid işni bitirib kelsa, Makkada şayx San’on yöq, şogirdlar parokanda… Bu şogird qolgan hammani yiğdi va ularga dedi:

““Ey hamiyatda tönğizdan battar bölganlar! Şayx sizlarga pir, siz unga murid edingiz. Uning irşodidan umid qilar edingiz. Bu faqr yölining şarti şu ediki, murşid nima qilsa, muridlari unga ergaşişi, lekin Xudoga yuzlanişi, Xudo uçun qilişi kerak. Odamlarga aralaşsa, odamlar bilan; yolğiz qolsa, yolğizlik bilan qolişlari şart. Sizdek vafosizlarga söfiylik qiyofasi hayf: taqvo ahlining xirqasi, dastori hayf! Şayx ofiyatda ekan, muhabbat izhor etar edingiz! Boşiga iş tuşgaç, özingizni undan olib qoçasiz! Ustozga vafosizlik qilib, uni çerkovda taşlab ketdingiz. Xudodan qörqmaysizlarmi? Eldan uyalmaysizlarmi? Piringiz şunday işga yöliqsa, öz yölboşçingizdan voz keçasiz, xizmatidan, balki uning bor ekanidan, borligidan töygansiz! Özingizni solih, darveş deysiz. Zuhdingizga, tasbehingizga, salla-yu asolaringizga uyat. Şayx sizlarni tarbiya qilmay, it boqqanida falakdan unga şunday zulm yetgan çoğlarda itlari unga vafo qilmasmi edi? Ba’zi itlari ketib qolsa ham, albatta, ba’zilar yonida qolişardi; uning duşmanlarini qopib, vovullab haydar edilar; şayxning xarob holi uçun uvullab, ulib motam tutar edilar; inson vafosiz ekan, vafo bobida it undan yaxşiroqdir! Agar sizlar erkak bölganingizda edi, ustozingizga şunday musibat tuşib, birovning işqiga mubtalo bölganida, öziga jafo qilganida şu jafoni siz ham özingizga ravo körişingiz, ya’nida yonida hamdard bölib turişingiz vojib edi! Lekin hammangiz dardsizlik nima ekanini körsatdingiz va ustozni nomardlarça taşlab ketdingiz!”

Davomi bor.

2 240marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    1-qism

    Işq haqida eşitgan inson olov haqida eşitib, uning yoruğidan bahra olib, lekin kuymagan bir parvona kabidir. Olovda kuygaç, uning soğ vujudi qolmaydi. Kuyadi va jizğanak böladi.…

    2 daqiqa1-qism

    Yiqilganingda tur deydigan odaming bormi?

    Qayğu seni egallab olganida hammasi yaxşi böladi deydigan-çi? Seni zulmatlardan çiqariş uçun çin dildan kuraşadigan kimdir mavjudmi hayoting sahrosida? Bayramlarda oş yeydigan;…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.