Til

Iymon egasiga ilhom Xudodan keladi. Hayot haqida, insonlar haqida, gözallik va umuman hamma narsa haqida…

Iymon egasiga ilhom Xudodan keladi. Hayot haqida, insonlar haqida, gözallik va umuman hamma narsa haqida qalbda paydo böladigan fikrlar Xudodan nur kabi qalbga ato etiladi. Bunday yoruğ fikr va xulosalarning idrok va şuurda paydo bölişi rahmoniy iltifot ekanligini biliş uçun uşbu belgilarga qaraş lozim: 1. Paydo böladigan fikrlar şariatga zid, gunoh işlar natijasida kelmasligi kerak. 2. Aroq, köknori yoki şu kabi aqlni oluvçi narsalar iste’molidan söng quyilib keladigan fikrlar qançalik çiroyli ifodada yangramasin, keliş quvuri nopokligi sababli qabul qiluvçilarda heç qanday yaxşi ta’sir uyğotmaydi, yaxşilik sari oyoqlantirmaydi. 3. Fikr va hikmat içki olamning, taxayyulning mevasi ekan, bu işga şaylanişdan avval hamd, tasbih, istiğfor, salavot aytiş içkarini bir qur yuvib olişdir. Heç qanday fikr va ilhomning kelmasligiga gunohlar köpayib ketgani ham sababdir. Insonning kirligi nafsning hayvoniy istaklaridandir. Hayvoniy istaklar şahvat va ğazabni orttiradi. Şahvat va ğazab qalbni parda bölib tösadi. Qalbga tuşadigan hikmat nuri mana şu pardaga urilib qalbga yetib bormaydi. Qalbga bormagaç, tilga çiqmaydi. Qalb buziladi ham. Qalbning buzilişi göştning buzilişi kabidir. Göşt qanday aynib, qurtlab, çirisa, qalb ham şunday holga tuşadi. Qalb aynigaç, u botil va harom narsalarni, şayton va kofir jinlarga xuş keladigan işlarni sevadi. Şu sababli ayrim şoir va yozuvçilar juda irkit va jirkanç narsalarni mehr va sevgi ila erinmay yozadi. Aynigan göştni tuzatiş mahol bölganidek, qalbni tuzatiş ham maholdir. Qalbning içida aql, fuad, idrok, şuur, suvaydo kabi narsalar bor. Aynişdan söng bularning hammasi halok böladi. Ularni tiriltiriş maşaqqat bölib qoladi. Illo, qalbni tuzatadigan narsa uzoq vaqt undan nafs oloyişini uzişdir. Oloyiş – bu balçiq, bulğaniş demakdir. Nafsning oloyişi u azobga tuşganida töxtaydi. Nafsni öz ixtiyoring ila rozi bölib azoblay olmasang, qalbing tuzalmaydi. Xastaning kasbi tabib bölsa ham boşqa tabib muolajasiga muhtoj qolgani kabi nafsni inson mustaqil şaklda tuzata olmaydi. Nafsni böysundira olmaydi. Unga bir murşidning tarbiyasi kerak. Murşid degani muridni tark etmaydigan va undan botin va zohirda xabar oladigan, muridi xastalansa, şaxsan özi bevosita muolaja qila oladigan karomat va muhabbat sohibidir. Kimki men ustozga yoki murşidga muhtoj emasman desa, u yolğonçidir. Murşid tanlaşning şartlari bor. Köringan pirni murşid tutilmaydi. Murşidning tasarrufi va içki quvvati öta komil bölmoği kerak. Murşid tanlaş şartlari alohida ilm. Biz esa qalb xastaligi haqida gapiryapmiz. Nafs itoatga keltirilgaç, u it kabi irillamaydigan holga tuşgaç, qalb uning kasofatidan qutuladi. Jigar özini östirib tiklagani kabi qalb özini tiklay boşlaydi. Avval uning qoq örtasidagi lub, keyin uni örab turgan fuad, uni örab turgan idrok, uni örab turgan şuur, uni örab turgan aql, uni örab turgan suvaydo va nihoyat qalb sihhat topadi. U poklanadi. Yaltiraydi. Unga Parvardigorning sifatlari va zoti tajalliy qiladi. Endi bu mutlaq boşqa maqomdir. U alohida hikoya…

Törtlik: Jonsiz yotgan qalbimning boşida közyoş tökdim, Yuriş uçun yölimga qançalar bardoş tökdim. Nadomatning daryosi vujudim ğarq ayladi, Yo Rab deya hayqirdim, közimning yoşiga çökdim.

3 040marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Yiqilganingda tur deydigan odaming bormi?

    Qayğu seni egallab olganida hammasi yaxşi böladi deydigan-çi? Seni zulmatlardan çiqariş uçun çin dildan kuraşadigan kimdir mavjudmi hayoting sahrosida? Bayramlarda oş yeydigan;…

    1 daqiqa

    Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol!

    Ey aqli tuyğular böronida çirpirak bölguvçi Ojiza! Ey qarorlari doim özgarib, ikkilanişlar içida qolguvçi Zaifa! Seni yuksaltirguvçi, buyuk maqom berguvçi Vazifang haqida eslatma…

    2 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.