Til

1-qism

1-qism

1-qism

Işq haqida eşitgan inson olov haqida eşitib, uning yoruğidan bahra olib, lekin kuymagan bir parvona kabidir.

Olovda kuygaç, uning soğ vujudi qolmaydi. Kuyadi va jizğanak böladi.

Işqqa mubtalo bölmagan zot uning nima ekanini bilmaydi.

Işqqa mubtalo böliş bu xorlik va zabunlikdir.

Es-huşdan ayriliş va şarmanda bölmoqdir.

Na aql, na idrok işq qarşisida salomat qolgay!

Işqning şiddati sönib, aqlning hokimiyati qaytgaç, oşiq qilgan işlarini şarhlaşdan ojizdir.

Lekin işqning azobi, hijroni va ayriliği keltirgan oğriq, xor-u rasvoligi oqibatida paydo bölgan malomatlar qarşisida jon hovuçlab qoladi.

“Yana işqmi… Qanday musibat!” – deya kuyinayotgan qalb va işq qarşisida ölimdan qoçgan jondek tipirçilayotgan aql işqning ofati va zulmidan xabardordir.

Işq avval, havas ila kirgan odam undan eson-omon çiqib olsa, qayta unga uçraşdan dahşatga tuşadi. Işqdan qanday salomat çiqdim-a deb hayratga tuşadi. Işq sababli qolgan kuyuklarga qarab qörqinçli tuş körgandek titrab ketadi.

Işqning zulmi haqida juda köplab hikoyatlar bor, ammo ular içida juda ham ğaroyibi yoşi uluğ bir valiy zotning nasroniy bir qizga bölgan aqlbovar qilmas muhabbatidir. Bu işqning şarhidan hamon aqllar ojiz, donişmandlik sukutda. Lekin ul şayxning işqqa zanjirband bölib, aql-u huşini, iymon va Islomini boy bergani haqiqatdir.

Hikoyat bunday: şayx San’on ismli insonning tört yuz muridi bor edi. Özi Makkada yaşar, har bir muridi valoyatda maqomlar hosil etgan, özi körgan har bir tuş öngidan kelar edi. Kunlardan birida şayx San’on özini Rumda, bir nasroniy qiziga sevgi izhor qilib turgan holda tuş kördi. Bu tuş töxtamadi. Har kuni köraverdi. Alal-oqibat şayx bu tuşning hikmatini biliş şavqiga uçradi va muridlari bilan Rumga yöl oldi. Rum poytaxti Qustantaniya nasroniylar qölida edi. Şayx Qustantaniyaga kirdi. Haqiqatan, u kalisoga ibodat uçun ketayotgan 18 yoşli nasronig qizni ittifoqo körib oşiq böldi. Buning bir izohi yöq edi. Şayx işqni qançalik pinhon tutmasin, ilojsiz qoldi va işq uni kuydira-kuydira aqlini oldi, balki işq eng avval uning aqlini kuydirdi. Şayx telba holda Qustantaniya köçalarida daydib yura boşladi. Bora-bora muridlar undan nomus qilib, avval nasihat, keyin malomat qila boşladilar. Lekin şayx biror gapni ilmadi, balki uning işq sababli jununi haddan oşaverdi. Nasroniylarning gödaklari esini yöqotgan çolni toşböron qilişni odat qildilar. Şayx ma’şuqasi ötadigan köçada kun-u tunni ötkazadigan böldi. Uning heç narsa bilan işi yöq edi. Muridlar tevarakda ilojsiz yurişar va şarmandalikdan özlarini qayerga qöyişni bilmas edilar. Nihoyat, şayx nasroniy qiziga öz sevgisni izhor qildi. Qiz uning ustida kuldi va ketdi. Şayx endi qizning köçasini makon tutib, işq izhor qilib yotdi. Nihoyat, ança vaqtdan söng qiz unga sözlaşni lozim tutdi: “Musulmon şayxlari şunaqa bölar ekan-da. Mayli, mening vaslimni istasang, diningdan çiqasan, şarob içasan, Qur’onni yoqasan; uç yil kunduzlari çöçqa boqib, tunlari bizning kalisoda olov yoqasan…” Şayx şartlarni baxtiyorlik ila qabul qildi, muridlar undan voz keçmaslikdan boşqa yöl topmadilar va oh-u voh qilib, pirlaridan yuz burib, tört tarafga tarqalib ketdilar…

Davomi bor.

2 500marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Yiqilganingda tur deydigan odaming bormi?

    Qayğu seni egallab olganida hammasi yaxşi böladi deydigan-çi? Seni zulmatlardan çiqariş uçun çin dildan kuraşadigan kimdir mavjudmi hayoting sahrosida? Bayramlarda oş yeydigan;…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.