Til

Inonç

(Tarixga bitilgan haqiqat)

Hoqon sizni çaqiryapti deyişgaç, Botir Boşçi hammasini tuşundi: hukmdor saltanatini kengaytirişga qaror beribdi. Çunki olti oy avval Issiqköl böyidagi ovda Hoqon: “Sarhadlarni kengaytirmoqçiman, nima deysan?” – deb söragan edi. “Eng avval laşkarni qattiq maşq qildiring, keyin asta-sekin ularni köpaytiring, laşkarning oziq-ovqat va qurol-yaroğini, ot-ulovini ta’minlang. Hammasining orasi bir-biriga aniq tartib bilan boğlansin: laşkar uçun temirçilar har kuni qiliç, kamon, paykon, nayza, qalqon yasaşsin; çorvador va dehqonlar göşt, arpa va buğdoy yetiştirişin, bu sira uzilmasin. Şundan keyin qayernidir saltanatga qöşib oliş haqida boş qotiriş mumkin”, – degan edi Botir Boşçi. Botir Boşçi uçta hoqonga xizmat qilgan: esini tanibdiki, laşkar içida. Uruş qiliş, qöşin tuziş, reja va makr öylab topişda usta. Oldingi hoqon negadir uni saroydan uzoqlaştirdi; biror vazifa bermadi; Botir Boşçi Oltoy toğlarida özi bilan özi qiliç öynatib, kamon otib yuraverdi; heç bir narsaga aralaşmadi; yangi Hoqon esa uni söratdi va birinçi suhbatdayoq maqsadini bayon qildi. Hozir Hoqondan xabarçi kelgaç, Botir Boşçi endi uning xizmati kerakligini his etdi. ... Hoqon keng çodirda u yoqdan bu yoqqa borib kelar edi. Botir Boşçi kirib ta’zim qildi. – Botir Boşçi, – dedi Hoqon közlari çaqnab. – Qaror qildim, jangga çiqamiz. Sen laşkarboşi bölasan. Qaysi ölkaga yuriş qilişni ham özing aytasan. Botir Boşçi jim qoldi. Uning sukuti Hoqonga yoqmadi. – Maqsadim buyukligiga şubhang bormi? – dedi jahli çiqib. – Aslo, Hoqonim, – dedi ehtirom bilan Botir Boşçi. – Sönggi tomçi qonim qolguniça xizmatingizdaman. – Unda nima istayapsan? Nega jimsan? – dedi Hoqon biroz hovuridan tuşib. – Donişmand Kökaman haqida eşitganmiz... – dedi Botir Boşçi. – Kim ham eşitmagan uni! – dedi Hoqon laşkarboşining muddaosini anglamay. – Uning eng işongan şogirdi bor edi. Ismi Toğalp. Toğalp Kökamanning öng qöli, balki işongan boği, suyangan toği edi. Toğalpning ovulida yana biri bor edi. Uning ham ismi Toğalp. Ana şu otdoş odam öldirib qöyibdi. Qozi uni qamabdi. Bir odam bizning Toğalpning onasi huzuriga kelib, “Öğling odam öldiribdi!” – debdi. Kampir urçuq yigirib ötirgan ekan. “Yöqol, yolğonçi!” – deb haydabdi xabarçini. Yana bir odam yarim soat ötmay kelib, kampirga öğling odam öldiribdi debdi, kampir ança öyga botib qolgan ekan. “Bor-e”, – deya olibdi, xolos. Yana biroz ötib uçinçi kişi kelib şu gapni aytgan ekan, kampir mening bunday öğlim yöq deya urçuqni otib uydan qoçib ketibdi. Botir Boşçi jim qoldi. – Nima demoqçisan? – dedi Hoqon yana. – Hoqonim, men donişmand Kökamanning donişmand va pokiza şogirdi Toğalp emasman. Siz ham meni Toğalpni onasi yaxşi bilgançalik bilmaysiz. Ertaga kimlardir, men qöşinga boş bölgaç, kelib yomonlasa, har xil bölmağur gaplar aytsa, ularga işonib, mening boşimni uzmasligingizga kim kafil böladi? Hoqon Botir Boşçini endi tuşundi. – Ya’ni siz menga töliq işonmasangiz, laşkarni boşqara olmayman. Laşkarni jangga boşlay olmayman. Menga töliq işonasiz, heç qanday iğvoga işonmaysiz. Faqat men bergan axborotni qabul qilasiz, mendan şubha qilmaysiz, keyin qöşinga boş bölaman va sizga siz istagan hamma joyni böysundirib beraman! Endi hammasi ravşan edi. Hoqon çuqur öyga toldi va keksa jangchiga ketaver dedi. Ikki kundan keyin Botir Boşçini çaqirdi, sen aytgandek böladi dedi. ... Bir yildan ötib, Botir Boşçi Hoqonga u istagan yerlarni töliq egallab, taqdim qildi.

Akrom MALIK

3 060marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Nimadir bizga yetmayotgandek.

    Nimadir bizdan qoçyapti va uni tutib oliş uçun şoşyapmiz. Aslida, hammasi joyida, hammasi muvozanatda – niyatimizga loyiq harakatdamiz. Harakatga loyiq baraka kelyapti.…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.