Аvval nafsga ergaşamiz – amallarimiz yomonlaşadi. Taqiqlangan işlarni qilamiz. Buning oqibatida qalbda…
Аvval nafsga ergaşamiz – amallarimiz yomonlaşadi. Taqiqlangan işlarni qilamiz. Buning oqibatida qalbda xastalik paydo böladi. Аql nafsni razolatdan tösa olmagaç, inson jirkanç işlarda davom etaveradi. Qalb avval zanglaydi, uni qora qurum bosadi, keyin ayniydi, iriydi, bir hovuç badböy bir suyuqlik holiga keladi. Аna şu qalbning ölimidir. Xudo saqlasin! Qalbning kasalligi eng avval ğazab bilan namoyon böladi. Ğazabning behuda alanga olişi qalbdagi jiddiy kasallikdan darak beradi. Ikkinçidan, kibr, boşqalarni past köriş va ulardan özini ustun köriş qalbning marazidir. Uçinçidan, insonlar haqida hamişa badgumon böliş, ularni asossiz ravişda ayblaş qalbning illatidir. Törtinçidan, insonlarning aybini bilişga, sirlarini oçişga öç böliş va bundan huzurlaniş qalbning jiddiy şikastlanganiga dalil hisoblanadi. Beşinçidan, maqtov hamda maqtanişni seviş qalbning ahvoli ayançli ekanidandir. Oltinçidan, insonlar eʼtibori va eʼtirofini, özi haqidagi orqadan keladigan olqişlarga oşuftalik qalbning zaifligidandir. Bu kabi illatlarga uçragan odamlarda şoşqaloqlik, haqni va nasihatni qabul qilmaslik, ğiybatçilik, çaqimçilik, yolğonçilik, ayyorlik, ikkiyuzlilik, zulm kabi harakatlar körinadi. Qalbni tuzatiş haqida öylaş kerak. Şuningdek, harom va şubhali taomlar inson qalbi xastaligining asosidir. Har qanday nobop harakatning tagida qalbning xastaligi yotadi.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.