Til

Begonalar

Ikki öğrining tavbasi juda ğalati keçdi: bolaligidan çöntak kesib, el molini ömarib katta bölgan bu mardum Mulla Ğani pirning oyoğiga özini taşladi: dod, tavba qildik deyişdi. Mulla Ğani odamlarning tavba-tazarrulariga örgangan. Ibodat va zikr daryosida yurgan bu odam özidagi fayzni bilar edi. U gunohkorlarning nadomatlarini viqor ila qabul etib, ularni sulukka irşod qilar edi. Nafaqat öğri, balki ğar va xunasalar ham pirning huzurida tavba jomini kötaradi. Ularning haqqiga duo qiliş va Haq zikriga şönğiş pirning işi. Ikki öğrining biri Qobil, biri Horun edi. Ikkisi yeng şimarib xizmatga kirişdilar: pirning heç bir jihatdan ehtiyojini qoldirmadilar. Ayniqsa, Qobil özdi: u pirning körar közi, eşitar quloği böldi. Horun esa boşqa işlar bilan band edi. Qobilda öğrilikdan asar ham qolmadi: u butkul zohid va orif qiyofasiga kirdi. Va’z va nasihatlariga oşufta bölmaganlar yöq edi. Horun dalada işlar, lekin içidan toşib keladigan bir hisdan hayron edi: negadir boşqalarning mulkini olgisi kelar, ammo tavba qilib yiğlar edi. Ba’zan kimningdir mulkini söroqsiz olib, bir aylanib kelib, joyiga qöyar, şu bilan taskin topar; va amin ediki, albatta, bir kuni bu balodan ham qutuladi. Horunning qiliğini körganlar hayron qolişdi: öğri desa, öğri emas; lekin işi ğayritabiiy. Gap çuvalaşib pirga yetib bordi. Pirga yetkazgan ham Qobil böldi. “Nahot, öz işiga puşaymon emas? Nahot, tavba ahdini buzgan bölsa?” – söradi pir Qobildan. Qobil aytdi: “Men bilgan Horun albatta, öşa eskini hunarini qilgan. U özini bundan tiya olmas edi!” Pir öyga botdi: “Negadir har safar Horunni körsam, qalbim öziga kelmayapti. Lekin uni öğri deyiş muşkul. Dalil sobit emas”. Qobil şu keça Horunning kulbasiga bordi. Qattiq yomğir yoğar edi. “Noming öğriga çiqibdi. Bir yildan beri pirim buni bilar edi. Seni körsalar, qirq kungaça qalblari öziga kelmas ekan”, – dedi. Horun özidan ketib qoldi. Huşiga kelgaç, közi jiqqa yoş: “Men sababli qalblari azob çeksa, sovuq çehramni aslo körmasinlar!” – deya ökirib yiğlab qişloqdan çiqib ketdi. Qobil Horunni öğri deya mirşabga aytdi. Şu tunda Horunni qölga oldilar, birvarakayiga bir neça kişi uni öğri dedi. Horunning qölini kesişdi. U oğriqqa çidamay oh dedi-yu, huşini yöqotdi. Saçragan qon buni kuzatib turganlar içidan Qobilning yuziga tegdi. U sallasining peçi bilan qonni artdi. Mahkumning qolgan çöltoq qölini qaynab turgan yoğga tiqişdi. Şu bilan qöl kesilgani haqida butun a’zoyi badani bildi. Qon ham töxtadi. Odamlar bu tomoşani maroq bilan körişdi. Hamma Horunni öğri dedi. Yarim soatlarda Horun huşiga keldi. Kesik qölini soğ qöliga oldi va odamlar orasidan indamay çiqib ketdi. Mulla Ğani hammasidan xabardor edi. U muridini öğri yo öğri emas deya olmas darajada ikkilanişda qoldi. Horun şahardan çiqib ketdi. Boşi oqqan tarafga ketdi. Bir mahal bir xarobaga borib qoldi. Qarab kördiki, bu yerdagi hamma odamning bitta qöli yöq edi. Qölsiz odamlarning hammasi Horunga bir dam sukut bilan nafas yutib qarab qoldilar, söng birdan dod deya Horunga otildilar. Horun ham çiday olmay faryod qildi: içiga çöğ bölib tölgan öksiniş va azob böğzidan otildi. Uning heç qayerdan davo topmagan yarasi hamdardlar qoşida yorilib ketgan edi. Uning dardi va oğriğiga begona kaslar uning ustidan kulgan edilar, ammo majruh ğariblar uning azobini juda yaxşi bilar edilar. Bu örinda tillar emas, közyoşlar gapirdi.

Akrom MALIK

4 000marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Inonç

    (Tarixga bitilgan haqiqat) Hoqon sizni çaqiryapti deyişgaç, Botir Boşçi hammasini tuşundi: hukmdor saltanatini kengaytirişga qaror beribdi. Çunki olti oy avval Issiqköl böyidagi…

    3 daqiqa

    Nimadir bizga yetmayotgandek.

    Nimadir bizdan qoçyapti va uni tutib oliş uçun şoşyapmiz. Aslida, hammasi joyida, hammasi muvozanatda – niyatimizga loyiq harakatdamiz. Harakatga loyiq baraka kelyapti.…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.