Insonning ulğayişi bosqiçma-bosqiç keçadi. Avval u bitta xatosini anglaydi, qiynalib tuzatadi; keyin ikkinçi…
Insonning ulğayişi bosqiçma-bosqiç keçadi. Avval u bitta xatosini anglaydi, qiynalib tuzatadi; keyin ikkinçi nuqsonini kaşf qilib, uni yöqotiş uçun intiladi. Odamning bir aybdan qutulişi tezda bölmaydi: oğriqli, kuraşli, közyoşli ötadi. Goho qayta-qayta uriniş ham kutilgan mevani bermaydi. Avval çaqaloq, keyin bola, keyin gödak, keyin ösmir, keyin öspirin, keyin yigit, keyin kişi, keyin qari, keksa deb atalişimiz bejiz emas. Har bir bosqiçning öz xususiyatlari bor: çaqaloq yiğlaydi, heç narsani tuşunmaydi; ovqatlanişdan, yuvinişdan bexabar va hokazo. Bola iştonini kiya olmaydi, savol beradi, yuguradi, yiqiladi; gödak hamma narsaga oğzini oçib qaraydi, savol beradi, qiziqadi; ösmir havolanadi, jahl qiladi, asabiylaşadi, aldaşga harakat qiladi, hammadan norozi; öspirin öziga haddan oşiq işonadi, heç kimni mensimaydi, hammadan xato topadi, hadeb gapirişni sevadi, özini köz-köz qilişga tirişadi, özini yaxşi inson va komil qilib taqdim etişga urinadi; yigit öz kuçini his etadi, bosiq bölişga tirişadi, hayotning qiyinçiliklarini asta tuşuna boşlaydi, sözlarini öylab aytişga harakat qiladi, mas'uliyat bilan yaşaşni örganadi; kişi bosiladi, vazmin tortadi, har xil orzulardan voz keçadi, dovdirlik, qiziqqonlik va kaltafahmlikdan uzoqlaşib boradi; keksa, qari endi şoşilmaydi, oxiratni öylaydi, oilasining kelajagi haqida qayğuradi, yoşlarga öz tajribalarini yetkazib, ularni turli balolardan himoyalaşga kuçini sarflaydi va hokazo. Odamning ulğayişi taxminan mana şunday zinapoyalar böylab sodir böladi. Köplab yoşlar özini biror natija sohibi, aqlli, hamma narsani tuşungan, gunohlariga tavba qilgan, hayotini izga solib olgan şaxs sifatida körsatişadi, holbuki, hammasi yasama pardoz, ya'ni dekor. Bu hol ularning gödak zehniyatida ekanligining isboti, ya'ni infantil mentalitet. Odamni nasihatdan köra azob va uqubat östiradi. Nasihat va ögitlarga quloq osmagan, özimbilaman deganlarni öz holiga taşlaşga majburmiz: ularni şu hollarida juda ham katta uqubatlar kutyapti, iztiroblar ularga intizor. Naçora, şunday qoqiliş, peşonaning devorga urilişi unga yozilgan ekan-da, oş bölsin demakdan bölak ilojimiz yöq. Lekin ayrim yoşlar içki his va salohiyat bilan özining heç kim ekanligini topadi. Maktab oçadimi, kompaniya egasi böladimi, çetdan mol olib kelib sotadimi, PhD yoqlaydimi, men heç kimman deb yaşaydi. U yölboşçi topib, unga böyin egadi; çunki ustoz unga nasihat qilib turadi, ana şu nasihat unga yölning xaritasi sifatida xizmat qiladi: endi u balo-ofatlarni, çoh va çuqurlarni körib, ularni çetlab ötadi va murod-u maqsadiga şikastlarsiz yetadi.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.