Til

Xodimlarning juz’iy kamçiliklari odatiydir. Ya’ni işga keçikişi, topşiriqlarni öz vaqtida bajarmasligi,…

Xodimlarning juz’iy kamçiliklari odatiydir. Ya’ni işga keçikişi, topşiriqlarni öz vaqtida bajarmasligi, unutuvçanligi. Darhol ularni qattiq koyişga, jiddiy sözlar bilan ayblaşga şoşilmang. Rahbar bu kamçiliklarni tuzatişga yordam beradi: lozim bölsa, har safar eslatadi, nasihat qiladi, lekin xodimdan voz keçiş haqida öylamaydi. Özida tuzaliş istagi bor bemorning şifo topişi oson bölganidek, ösişni istagan xodim ham tanbehlardan töğri xulosa çiqarib, malakasini şakllantirib boradi. Yillar va yöllar odamni tarbiyalaydi. Oilada ham şunday: bizga tobelarga şafqatsizlik qilmaylik, ularni ehtiyotlab, sindirmay kamolga yetkazaylik. Kattalarimiz qattiqqöllikda haddan oşirgandek tuyulsalar, haqlariga duo qilaylik, norozilik bildirmaylik va bizga aytilgan nuqsonni ketkaziş haqida boş qotiraylik. Ba'zan uzoq vaqt, hatto umrbod boşqa odamlarning kiçik xatolariga köz yumib yaşaşimiz kerak böladi, axir, öz ayblarimiz va gunohlarimizga çidab, keçirib, bahonalar topib yaşab yuribmiz-ku! Yolğon, xiyonat, sotqinlik, haromxörlik boşqa masala, bunday illatlar öz egasini siz va bizning aralaşuvimizsiz ham oyoğidan tortib botqoqqa olib tuşadi va şu botqoqqa çöktirib yuboradi. Biz özimizning kamçiliklarimizni tuzatiş haqida fikr qilaylik, yonimizdagilarni tuşunişga va keçirişga urinaylik, ajabmas, yaxşi bölib ketsa!

Akrom MALIK

2 860marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Begonalar

    Ikki öğrining tavbasi juda ğalati keçdi: bolaligidan çöntak kesib, el molini ömarib katta bölgan bu mardum Mulla Ğani pirning oyoğiga özini taşladi: dod, tavba qildik deyişdi.…

    3 daqiqa

    Inonç

    (Tarixga bitilgan haqiqat) Hoqon sizni çaqiryapti deyişgaç, Botir Boşçi hammasini tuşundi: hukmdor saltanatini kengaytirişga qaror beribdi. Çunki olti oy avval Issiqköl böyidagi…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.