Til

Hammamiz hissiy beqarorlikka çalindik. Aksar odamlarning içi sababsiz vahima hamda vasvasa bilan tölgan.…

Hammamiz hissiy beqarorlikka çalindik. Aksar odamlarning içi sababsiz vahima hamda vasvasa bilan tölgan. Aslida, sababsiz emas. Odamiyzod özining qay darajada gunohlarga ğarq bölayotganini sezyapti, jism va aqldan ayri holda ruh talvasaga tuşmoqda. Çunki ruh bu işlarning javobsiz qolmasligini idrok etmoqda. Şaxsiy tajribamdan kelib çiqib aytaman: bizning ruhiy halovatimiz – tördan çiqib olişdadir. Tör – internetdir. Bugun bu iş mahol köriniş tus oldi. Lekin matonat bilan erişiş hamon mumkin. Eng avval youtube, facebook, instagram, tiktok deb atalgan tördan çiqib ketiş kerak. Ularning ilovalarini gaptaşir (telefon)da ham saqlamaslikni tavsiya qilaman. Xumori tutib, browserdan körib qöysangiz-da, ilovani saqlaşdan keladigançalik zarar bölmaydi. Albatta, bu ilovalar bilan boğliq qandaydir ruhiy-hissiy muammolar kelib çiqişi muayyan asoslarga ega. Hozirça şu zanjirlarni uzib taşlaş bizni ança xotirjam va halovatli qiladi, inşaAlloh.

3 750marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.