Til

Iblisda ilm, irfon va ibodat bor edi. Lekin işq yöq edi.

Iblisda ilm, irfon va ibodat bor edi. Lekin işq yöq edi. Inson ham ilm-u, irfon-u, ibodatni kasb etasa-yu, işqni kasb etmasa, unda şaytonning mazhabini tutib qolişi ehtimoli katta, Alloh saqlasin! Buning ma’nosi şulki, ilm olasan, ma’rifat hosil qilasan, ibodatlar qilasan, lekin qalbingda muhabbat va işq bölmaydi. Ya’ni Allohga, Uning mahbublari va U mahbub körgan işlarga muhabbat bera olmaysan. Aynan işq-u muhabbatning yöqligi kibrning manbayidir, riyo va suma’ning buloğidir. Muhabbatsiz odam oğrinadi, muhabbatsiz odam öz işini katta köradi, muhabbatsiz odam mukofot kutadi. Agar sen ahli muhabbat bölmasang, ahli muhabbatlarga yaqin bölişdan ehtiyot böl, çunki ularga özingni ahli muhabbat körsatib yaqinlaşib, asling foş bölib qolgaç, haydalasan. Insonning muhabbati sinovlar va maşaqqatlarda isbot topadi. Hamma qatori sinov emas, balki boşqaça, alohida sinov. Aslida, bu narsaga odamzodning özi tolib böladi. Ustozimiz topşiriq berdi. Şogirdlar içidan biri öz vaqtida çiroyli va töliq bajardi, ustoz qabul qildi va zinhor biz bu şogirdning na tanbeh eşitganini, na maqtov olganini kördik. Umumiy ilmiy yiğilişlarda majburan çaqirilmasa, ustozning u bilan işi yöq. Lekin biri bor. Xato ustiga xato qiladi. Işlarini köpinça keçiktiradi. Ustoz tanbeh bersa, miq etmay eşitadi. Lekin ustoz unga amr beradi, unga iş buyuradi. Ustoz uni köp eslaydi, köp dakki beradi, şunda ustozning dakkilari orasida unga bölgan ayriça bir marhamat va mehrni topdik. Ha, mehr-u muhabbat bu hamişa çiroyli sözlar emas, balki aksar holatlarda tanbehlarga qorişiq holda kelarkan. Muhabbatning sinovi şundayki, oşiqman degan zotga boşqalardan köproq mehnat yuklanadi, nozik masala şuki, oşiq bu mehnatlardan omon çiqişi yoki amrlarni mukammal ado etişi şart emas, agar unda çin işq bölsa, unga marhamat qilinadi: uning amr bajarişdagi xatolari tuzatiladi, işni töğri bajariş örgatiladi, boşdan oxirgaça unga madad berib turiladi. Soxta oşiqning fe’li işning avvalidayoq özini körsatadi: u işni bajariş haqida öylaydi, xolos; u işni qöl uçida bajaradi; tezroq qutulişni istaydi; unga yordam ham berilmaydi, unga boşqa iş va amr berilmaydi, u sözssiz va sassiz holda dargohdan çetlatiladi, hatto özi ham bilmay qoladi; soxta oşiqning işqi unga boşqalardan köproq yuk berilganida norozi bölişidan bilinadi; haqiqiy oşiqning haqiqati ayni şu lahzalarda ham sevgi bilan harakat qilmoğida körinadi — u har bir maşaqqatni sevgilidan bölgan lutf ölaroq qabul qiladi, bu mehnat va maşaqqatlarga umr va kuç sarflaşdan baxtiyorlik tuyib, şodlik oğuşida yaşaydi. Bu muhabbatning namoyon bölmoğidir. Qaysi banda Tangrining muhabbati unga tuşganini bilmoqçi bölsa, öz amallariga boqsin: unga hammadan köproq maşaqqat kelsa, u norozi bölmadimi? U qadarga nega bunday deb isyon qilmadimi? U öziga yuklangan işni qöl uçida qilmayaptimi? Javobiga köra anglasinki, u kimdir! Va imkon qadar mahbublar qatoridan joy oliş uçun tirişsin.

Akrom MALIK

3 300marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.