Til

Bir gadoy bir boyning ostonasiga yotib oldi. Ya'ni har kuni sadaqa sörar edi,uning boşqalardan farqi şulki, u…

Bir gadoy bir boyning ostonasiga yotib oldi. Ya'ni har kuni sadaqa sörar edi,uning boşqalardan farqi şulki, u aniq miqdor talab qilmoqda edi: menga ming dinor ber der edi. Ammo boy bir dirhamdan ortiq berişni istamasdi, sababi gadoyning holiga qarab, ming dinor berişga aqli izn bermasdi. Gadoy esa şu qadar tixirlik qildiki, boy uni körişni istamay qoldi, alal-oqibat kunlardan bir kuni xizmatkoriga ming dinor berdi va anavi tilançiga ber, faqat közimdan daf bölsin dedi. Tilançi maqsadiga erişganidan şod holda yugurib ketdi. Boy ham bir surbetdan qutulganiga şukur qildi va uyining ikkinçi qavatiga çiqdi, ittifoqo, derazadan bir manzaraga közi tuşdi: uning ming tillosini olgan tilançi hovliqib çopib ketarkan, uni tasodifan bir qotil öğri körib turgan edi, öğri heç kim körmayapti deb gumon qilib, tilançiga taşlanib, tillosini tortib oldi, tilançi berişni istamay taşlangan edi, öğri uning qoq yuragiga xanjarini sançib, bir lahzada öldirib qöya qoldi, söng tezda izini qoldirmay juftakni rostladi. Xulosa şulki, Xudo Ğaniy zotdir. Şu bilan birgalikda u Hakimdir. Sen nima sörasang beradigan, ammo heç kimga ehtiyojsiz bölgan Zotdir. U Öz hikmati ila senga nima kerak va nima kerak emasligini biladi. Sen boylik söraysan, ammo ayni vaqtda senga qaşşoqlik yaxşiroq, çunki boylik senga qaşşoqlikdan köra xatarli bölişi mumkin. Sen şon-şuhrat istaysan, lekin taniqli bölmaslik sen uçun foydaliroqdir balki... Sen ilm söraysan, balki hozir bilmaslik senga munosibdir, bilişdan söng amalsiz şaytonga aylanmaslik uçun kutiş lozimdir ehtimol... Senga nima kerak ekanligini Xudo biladi va senga eng kerak vaqtda, sen tayyor bölgan fursatda U öşa narsani senga beradi. Agar öşa narsani oliş qismatingda bölmasa, demak, rozi böl, şu sen uçun yaxşiroq, çunki taqsimotning Sohibi Xudodir. Hayot boylik ila halok bölganlarni, şon-şuhrati ila şarmanda bölganlarni va ilmi ila xorlanganlarni kördi. Har kim sabr qilsa va Xudoning qismatiga rozi bölsa, saodatga erişgay! Banda zimmasidagi işni qilmoği kerak — unga ibodat va itoat, halol rizq uçun kasb qilmoq amr qilingan, şu işlarni qilsin va töxtamasin. Şuningdek, gözal xulqqa buyurildik, odamzodning dunyo va oxiratdagi baxt-u saodati uning gözal axloqi bilan mutanosibdir. Axloqi yomon odamning baxtli bölgani yoki axloqi gözalning baxtsiz bölganini heç kim körgan emas. Barça zulmat va qayğular axloqning yomonligidan keladi, ilmning ozligidan emas, şul bois, avval axloq örganmoq avlo demişlar. Imom Ahmad rahmatullohi alayhning şogirdlari aytibdilar: "Ustoz huzurida 20 yil böldik, 18 yil axloq örgandik, 2 yil ilm, ustoz vafot etdilar; keyinçalik qaniydi, şu 2 yil ham axloq örgansaydik deb armon qildik". Har bir nafs özi yetgan emas, yetolmagan narsasidan xayr körsin, qöliga kelganidan qörqsinki, yomonlikka vasiyla bölmasin! Nafsni şodlantirgan narsalarning xayrli bölmoği maholdir. Xudodan Xudoni xuşnud qiladigan narsalarni söramoq kerak, nafsni şodlantiradigan narsalarni emas. Toki bir kuni qölga olganimiz yuragimizga xanjar bölib sançilmasin! Xudoyim, bizlarni muşilotlar içidan çiqar va Özing rozi bölgan yölga boşla!

Akrom MALIK

4 450marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.