Til

Ulkan-ulkan yutuqlarni jimgina hazm qilib yuboriş va köz-köz qilmaslik hamda yutuqni xalqqa xizmat qiliş deb…

Ulkan-ulkan yutuqlarni jimgina hazm qilib yuboriş va köz-köz qilmaslik hamda yutuqni xalqqa xizmat qiliş deb hisoblaş ötgan uluğlar, salaflar, solik va solihlarning sifatidir.

Kiçik işlarini katta yutuq sifatida körsatib, haşamat ila e’lon-u e’lomga zör beriş mayda odamlarning odatidir.

Kimgaki erlik asari yordur, Bir demas, ar qilğoni ming bordur.

Körmagan erlikdin özin bahramand, Birni doği qilmasa, yuz der baland.

Vaqti bilan qildi xurus un ayon, Tinmadi bir lahza kuruk mokiyon.

Ya’ni haqiqiy er ming işni qiladi, ammo bir bor tiliga çiqarmaydi. Erlikdan bahramand bölmagan inson bir işni uddalamaydi, biroq yuz bor baland sözlarni aytib jar soladi. Xöroz vaqti-vaqti bilan sas çiqaradi, maqsadi – insonlarni namozga uyğotmoq, ammo makiyon tovuq esa bir on töxtamay qoqoğlaydi. (Hayratul abror şarhi, 566-bet)

Akrom MALIK

3 010marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.