Til

Yoşlarni toza va pokiza böladi deb bilardim. Keyin ma’lum böldiki, yoşlar orasida ham ayyor,…

Yoşlarni toza va pokiza böladi deb bilardim. Keyin ma’lum böldiki, yoşlar orasida ham ayyor, ikkiyuzlamaçilari köp ekan. Senga yaxşi muomala qilib, ota-onasiga adabsizlik qiluvçilari bor ekan. Bular xoindirlar. Senga faqat işini bitirib beradigan vosita deb qaraydiganlari köp ekan. Bular tubandirlar. Senga özini beçora körsatib, ortingdan yomon sözlarni tarqatadiganlari ham bisyor ekan. Ular xordirlar. Inson hayoti tamalini – poydevorini yigitlikda qöyadi. Yigitligingni tubanlik, ikkiyuzlamaçilik, çidamsizlik, xiyonat, ahmoqlik, dunyoparastlik, munofiqlik, şahvatparastlik, takabburlik bilan ötkazarkansan, seni kelajakda ana şu jirkançliklarning hosili kutib turadi. Istasang ham, istamasang ham, yeysan. Yoşlikni matonat, halollik, poklik, sadoqat, mehnat, sabot, muhabbat, intiliş, rostgöylik, sabr, ibodat bilan ziynatlasang, seni kelajakda izzat va şaraf kutmoqda. Yigitning qilayotgan işi – zoti va naslining közgusi. U zotidagi hamma illat va fazilatni foş qilib yaşaydi. Boşqaça bölişi imkonsiz. Albatta, tavba va tavfiq eşigi oçiq, unga ham zoti va naslida yaxşilik borlar muvaffaq bölajaklar.

2 870marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    TÖRTINÇI BOB

    Ikkinçi fasl Qizlarga maktub Qizgina! Sen juda zarif, nafis va zaifa yaratilding. Sening quvvating va izzating şu sifatlaringdadir. Sen sevikli va qadrli yaratilding, senga sevgi…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.