Til

Insondagi ayrim kasalliklarning yaşirin davri bölar ekan — xastalik jism içida berkinib ötirib, keyin fursat…

Insondagi ayrim kasalliklarning yaşirin davri bölar ekan — xastalik jism içida berkinib ötirib, keyin fursat topganda özini namoyon etar emiş. Şunga öxşaş odamzodning ma'naviy xastaliklari ham doimo pinhondir, uni kişi köra olmaydi, körişi uçun biroz ilm hamda ma'naviy tabib kömagi zarur. Xususan, johillik — ilmsizlik ham eng jiddiy kasallikdir, balki barça illatlarning onasi. Eng qiziği, insonlar jaholatni kasallik deb bilişmaydi. Jaholatni kasallik deb bilmaganlarga ilm bermaslik lozim, çunki ular heç qaçon ilm qadrini bilmaydilar. Şu ma'noda, muhtaram muallimlar va aziz ustozlar ostonalariga boş urib kelmagan biror johilga ilm bermasliklari yaxşi iş, johilning ortidan ilm beraman deb yurmaslik şart, toki ilm hamda ilm ahli xorlik va zorlikda qolmasin. Hatto ilm istab kelgan johillarni haydab soliş kerakki, ular ilmsiz halok bölğaymiz deya qayta-qayta eşik taqillatganlaridan söng ilm beriş haqida muşohada qilinsa, arziydi. Azob va uqubatlar ila olingan ilmni johil va razillarga bermang, evaziga xor va oyoqosti bölgaysiz.

1 960marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BEŞINÇI BOB

    JIGARLAR Jigar deb aka-uka, opa-singillarga aytiladi. Jigarning vazifasi qonni tozalab berişdan iborat, jigar işlamay qolsa, jism zahar bilan töladi. Jigar bu forsça söz,…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.