Til

Sir eng buyuk kuç, eng mustahkam qudrat. Erkak sirini bersa, tuxumdan çiqqan jöjadek himoyasiz va zaif holga…

Sir eng buyuk kuç, eng mustahkam qudrat. Erkak sirini bersa, tuxumdan çiqqan jöjadek himoyasiz va zaif holga tuşadi. Barça halokat va mağlubiyatlar sirni boy beriş oqibatida sodir bölgan. Erkakning siri nima? Birinçi sir bu – quvvat, kuç va imkoniyatdir. Quvvating çegarasi haqida heç qaçon bildirma. Kuçingni yaşir. Heç kim çamalay olmasin. Ikkinçi sir bu – mablağ. Çöntagingda qança bor, oyiga qança daromad qilyapsan; qança ziyon va zarar köryapsan — oşkor etma. Heç kim boyliging miqdorini bilmasin. Uçinçi sir bu — xotin. Xotining kim, sifati qanday, ular neçta — aytma. Uruşasanmi, kelişa olmaysanmi, köngling qoladimi — aytma. Xotinni döst-u duşmandan sir tut. Demak, zör — pinhon. Zar — pinhon. Zan — pinhon. Törtinçi sir — rejalar. Nimani öylading, nima möljal qilyapsan, nima kutyapsan — yaşir. Heç kimga hisobot berma. Beşinçi sir — safar. Qayerga, nima uçun, qança vaqtga ketyapsan, kim bilan uçraşasan — aytma. Oltinçi sir — döstlar. Kim bilan, qaçondan buyon döstsan, senga qanday yaxşilik qilgan — aytma! Döstsiz qolişni istasang, olamga doston qil, tezda ayrilasan. Yettinçi sir — duşmanlar. Kim bilan, nega va qaçondan beri adovat qilasan — aytma. Duşmanlaring til biriktirmasin desang, ertaga duşmanlarim quvvat topmasin desang, jim böl. Sakkizinçi sir — ibodat va ehson. Nafl namoz va rözalar, sadaqa va xayrlaringni asra, heç kimga foş qilma. Töqqizinçi sir — ustoz. Kimdan qanday dars va saboq olyapsan, pinhon tut. Bu sirlarni ota-ona va ustoz bilişga haqli, xolos. Boşqa heç kimga oğiz oçma. Şu sifatni şakllantir. Özingni majburla. Işon, sen buyuk odam bölib yetişasan. Ahmoqlargina sir saqlmaydilar. Heç qaçon ahmoq bölma. Siringni avvalo özing yaşir. Kimgadir işonib aytding, u foş qildimi — qaytib uni dasturxoningga yaqinlatma. Har qanday holda ham u — xoin va xoin heç qaçon odam safidan sanalmaydi. U yöq, u şunçaki bir mavjudot, xolos.

Akrom MALIK

3 160marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    OILA QURIŞ Birinçi fasl Zarurat Risolamizning asosiy qismiga kirib keldik. Oila quriş – umr savdosi. Har bir yigit va qiz oila quriş uning hayotidagi eng muhim masalalarning biri…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.