Til

Mumtoz oila

OLTINÇI BOB

OLTINÇI BOB

OILA QURIŞ

Birinçi fasl

Zarurat

Risolamizning asosiy qismiga kirib keldik. Oila quriş – umr savdosi. Har bir yigit va qiz oila quriş uning hayotidagi eng muhim masalalarning biri ekanligini öylaşi lozim. Töy – bu köngilxuşi emas. Töyi – bu otarçilarning olamga qöyib berayotgan tomoşasidan köra çuqurroq mohiyatga ega hodisadir. Töy – bu ramz, ya’ni ikki ruhning, Xudo huzurida taqdiri ilohiy ila yaralgan ikki insonning – yigit va qizning eng jiddiy kelişuvi, ahdlaşuvining ramzi, xalq oldida e’lon qilgan qasamyod imzosi. Yigit qanday ayol bilan bir umr yaşamoqçi ekanligini mulohaza qiladi. Ayol ham qanday yigit bilan umr ötkazmoqçi ekanligini çuqur fahmlaydi. Oila bölib yaşaş, halol er-xotinlik munosabatlari odamzod hayotining ajralmas qism ekanligini tuşunadi. Er-xotin umrbod yagona jism kabi oila qörğonini himoya etadi. Oilada er va xotinning kibr va havosi ğolib bölişi mumkin emas; oilaning obodligi, xotirjamligi uçun ikki tomon ham özini fido qiladi. Er-xotin – bu qalbi bir-biriga çirmaşgan, bir-birini ehtiyot va himoya qiladigan, abadiy ittifoq uçun ahdlaşgan odamlardir. Oila qurmasa, insonda insonlik qiyofasi va ma’naviyat qolmaslik ehtimoli katta. Oila qurmaslik insonning baxtsiz yaşaşi, umrdan mazmun topmay, hayvon singari ötib ketişiga olib keladi. Har qanday yigit va qiz, har qanday erkak va ayol, albatta, çiroyli bir oila qurişga qasd qilmoği şart. Bu oliftaçilik, bu masxarabozlik, bu tayinsizlik qarori emas; bu Xudoning huzurida ham, odamlar nazarida ham jiddiy bir qiyofa va haybat kasb qilmoq asosi sanaladi. Oila qurmagan erkak ham, ayol ham yarimta odamdir. Oilasizlik – bu ruhiy yolğizlik va tayançsizlikdir. Har bir erkak, albatta, halol bir xotinga muhtoj, erkak xotinsiz xarob böladi. Har bir xotin, şubhasiz, bir mard erkakning nikohida bölişga ehtiyojmand, ersiz xotin himoyasiz palopon; oyoq ostida qolgan atirgul; uzib olingan lolaqizğaldoqdir. Xotin bölmagan uy – göriston. Erkak bölmagan hovli – qulab tuşayotgan vayrona. Erkak va xotinning birgalikdagi hayoti çinakam hayotdir. Kunlarning mazasi, onlarning rangi har bir inson uçun halol juftdadir. Turmuşga çiqmagan qizlar yoki turmuşi buzilgan ayollar iç-içlaridan mahzunadirlar. Ular har qança pul topsalar ham, mansab-u martaba bobida çöqqilarga çiqsalar-da, ilm-u irfonning yettinçi qavatiga kötarilsalar ham, kemtiklik va noqislik hissi bilan yaşayajaklar. Ular işxonalarda rahbar bölsalar-da, kameralar qarşisida şöx-u şaddod qah-qah ursalar-da, qöllarida jaraq-jaraq pullar aylansa-da, eng qimmat liboslarni kiysalar-da, hatto nomahram erkaklar ularni uluğlab maqtasalar-da, gullar va sovğalarga kömib taşlasalar-da, boşida bitta eri yöq ekan, şu erning qöl ostida, qaynoq qöynida, komil itoatida emas ekan, ana şu ayol faqat zahar yutadi. Erkinlik, hurlik va yana qandaydir sözlar bilan özlarini ovutsinlar, oqlasinlar, janjal qilsinlar – haqiqat özgaramaydi. Oila qurgan har bir erkak va ayol oilasini asrab-avaylaşi vojib. Oilada er va xotinning axloqi qanday bölişi alohida bobning mavzusi, biz bu yerda turmuş quriş, uylaniş inson zoti uçun qançalik zarurat ekanligini asoslamoqdamiz. Oila qurmayman deb yurgan xotin-qizlarga qarata ogohlantiriş qönğiroğini çalmoqdamiz. Yoki oilamni buzaman deb yurganlarga nisbatan esingni yiğ deya hayqirmoqdamiz. Şunday qilib, oila quriş hayot va mamot masalasi ekani haqida baholi qudrat gapirildi. Endi esa oila quriş yoşi haqida aytiş lozim.

Oila quriş imkonidan qonun izn bergan yoşdan boşlab darhol foydalangan ma’qul. Qizlar bobida gap şulki, tezroq turmuşga çiqqanlari yaxşi. Rözğor işlariga usta bölib, pazandalik va çevarlikni egallab, bola boqiş ilmini özlaştirib, fayzli bir xonadonni gullatmoq eng gözal tanlovdir. Böladigan işning bölgani yaxşi. Qançalik keçiksa, vaziyat şunçalik yoqimsizlaşadi. Qizlar uçun asosiy nasihatning ma’nosi bunday: turmuşga çiqqunça özlarini begona yigit va erkaklarning hirs bilan hayvoniy nazar solişlaridan himoyalamoqlari şart; itlar tortqilab çaynaydigan suyak emasligi har bir qizning öziga ma’lum. Menga yigitlar nazar solsin deya öz jismini bozorga solmoq qiz bola uçun şarmandalikdan boşqa narsa emas. Bundan kelib çiqadiki, qiz bola begona yigit va erkaklar bilan gaplaşişlari, yozişişlari iffat qoidalariga ziddir. Bu işlar qiz bolaning qiymatini yerga uradi, heç bir bahona va sabab bunday işlarni oqlab bermaydi. Har qanday yigitning qiz bolaga nikohsiz nigohida harom va iflos şahvat yotişi haqiqatga yaqin; yigit istasa, istamasa, oçiq şakldagi qizga şahvat va hirs nazari ila boqişini inkor etiş imkonsiz; şahvat uyğotiş yoki şahvat qondiriş vositasi böliş qiz bolaga yaraşmaydi. Oliy öquv yurtlari, texnikum yo kollejlarda, hatto maktablarda; umuman, har qanday joyda qiz bola özining “sevgi” tarixini “yozişi” bu uning hayotidagi eng jiddiy xato sanaladi. Romanlar, qissalar, hikoyalar, kino va seriallarda vasf etilgan va romantizatsiya qilingan sevgi voqealarining hammasi safsata va yolğondan iboratdir. Mana şunday kontentlarni içib, yeb, u bilan qalb va aqlni zaharlab, iffat va hamiyatiga zid şaklda qandaydir yigitlar bilan “pokiza işq” qissalarini “ijod qiliş” nafsning, aniqroği, badanning biologik istaklariga ergaşiş va bu narsani romantika, sevgi deya oqlaşdir, xolos. Bu işlar oilasini muqaddas qadriyatlar ustiga quraman degan ğururli, yuksak nazar, pokiza vujudli, yoruğ aqlli qizlarning öziga ravo köradigan işlari emas. Bir söz bilan aytganda, qizlarning bunday “romantika”si faqat izzatsizlik olib keladi va axloqsiz erkaklarning behayo hikoyalariga qahramon bölişga yetaklaydi, xolos. Bu masalada xulosa şunday – qizlar özlarini pok tutgan holda xayollarini harom öylar bilan bulğamay munosib va mard jufti halol nasib etişini bilişlari kerak; haddan taşqari bu töğrida öyga botmasin; çunki bu ham yaxşi emas; böladigan iş böladi. Bu bobda yigitlar bilişi kerak bölgan tanbehning mazmuni esa bunday: bir kasb yo hunarning boşini tutib, ayolni qadrlaş, u bilan muomala qiliş ilmini örganib, oila yukini yelkaga olib uylaniş kerak, vassalom. Yigit va qizlarning uylanişlarini ota-onalari taşkil qiladilar. Oq va qorani ajrata olmaydigan yoşlar özlariga qaysi juftning mosligini bilmaydilar, şu sababli yoşi uluğlar bu vazifa uçun burçlidirlar; har bir ota-ona qizi bölsa, yaxşi joyga uzatmoği; öğli bölsa, yaxşi joydan unga xotin olib bermoği gardanlaridan soqit bölmas qarzdir; agar ota-ona bölmasa, bu iş boşqalarning zimmasiga tuşadi, bu haqida alohida bobda söz yuritiladi; ya’ni yoşlarning tayinsiz bölib yurişiga ota-ona izn bermasin, özi uyli-joyli qilsin degan xulosani qat’iy şaklda ta’kidlamoqçimiz.

Akrom MALIK

2 390marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.