Til

Unutiş — ulkan ne'mat. Agar unuta olmasa, ayrim xotiralar insonni halok qiladi.

Unutiş — ulkan ne'mat. Agar unuta olmasa, ayrim xotiralar insonni halok qiladi. Sirkani qoronğu yerga qöyib, qança uzoq yil saqlasang, şu qadar kuçli bölarkan, quvvati ziyoda bölar ekan, inson qalbida qolgan ayrim xotiralar ham sirka kabidir, uni qalb içiga, xayol burçaklariga uloqtirganing va undan qoçganing sayin seni quvadi, sirka kabi quvvat topib, butun vujudga ta'siri oşib boraveradi. Xayriyatki, Xudo unutiş ne'matini ato etgan. Ammo unutiş uçun vaqt ötmoği lozim, vaqt ötişi esa umrning kamayişidir. Inson öziga azob beradigan xotiralardan xalos böliş uçun, şunday qilib, umridan yillarni yoqadi, yillar ötini bilan unutiş öçoği olovini yoqadi. Baribir, kuçli bölmoq kerak, yaşaş uçun, hayot uçun kuçli bölmoq lozim. Insonlar içidan kimdir şafqat qilişini kutiş nodonlikdir, odamlar zolimdir; heç kimda özi kabi insonga açinişi hissi yöq; odam boşqalarning hamdard bölmoğiga umid boğlaşi mumkin emas va boşqalardan hamdardlik kutmasligi eng töğri qaror. Insonlarga qalbni oçmaslik lozim, majnun kabi sahrolarga çiqib, vahşiy hayvonlarga dilni ifşo etmoq kerakki, ularning qaraşlari dardingni tinglab, zolimlarça boqqan insonlarniki kabi oğir botmaydi; samimiyat va taslimiyatni inson zoti bilmaydi; imkon bölsa-yu, kişilar oyoği yetmas joylarga qoçsa odamiyzod... Ehtimol, dunyo va uning ahlidagi zulm, şafqatsizlikni körgaç, olam sahni yaşamoq uçun bir zindonligini tuşungaç, oxirat diyoridagi hovlilarini obod qilmoqqa urinar banda... Ehtimol, öz Yaratguvçisiga şu tariqa yaqinlaşar qul. Ehtimol, şunday onlarda özi haqidagi hamma bilgilarni yoğiylar xayolidan supurib taşlab, özini bölmagandek unuttirib, özi ham yöqlik qa'riga izsiz va sadosiz ketişni istar beçora mazlum... Ehtimol, öziga kimningdir açinişi va hamdardligini ham, zolimlar u çekkan azoblarning mingdan birini ham körişini xohlamas xasta dil notavon... Zotan, oğriq va azoblar bir xazina, uni yot va yoğiylarga bermaslik kerak. Suv qaynasa, undan kamida buğ çiqadi; azob tortgan inson kamida oh tortadi; yoki öz ğamini söylaydi; bu ğam nomahramlar quloğiga yetmasligi uçun begonalar tuşunmaydigan tilda sözlamoq kerak.

6 090marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Bu olamning işi qiziq.

    Aytiladiki, nifoqning sanalgan alomatlari törttaga yetadi: 1. Gapirsa, yolğon gapiriş. 2. Va’da bersa, bajarmaslik. 3. Omonatga xiyonat qiliş. 4. Kelişolmay qolsa, fojirlik qiliş…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.