Oxiri
Oxiri 👉 Boşlanişi
Yaqinda dissertasiya himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasini oldim. Natijada, ilm yönalişidagi barça yangilik va islohotlarni körib turibman. Bu yerdagi eng katta islohot – salohiyatli har bir insonga ilm qilişi uçun yöl oçilgani; har kimga öz fikrini bayon qiliş uçun imkoniyat berilgani; ilm odamlarining qöllab-quvvatlanayotgani – men şularni köryapman va şu hodisalar içidaman. Ilm qilaman, kaşfiyot qilaman, ilm osmonida yulduz bölib porlayman degan har bir inson uçun eşiklar oçiq. Ilmi bor odam aziz bölmoqda. Ilmi çala bölganlar esa nolib yurgan bölişlari mumkin, albatta. Yurtboşi mamlakatda kiçik haqsizlik körsa ham, jim turgani yöq. Zarraça zulmga rozi bölayotgani yöq. Heç bir murojaat havoda qolayotgani yöq. Har bir holat örganilmoqda, hujjatlar, dalillarga muvofiq tahlil etilmoqda; Prezident eng yaxşi usul va yöllar bilan mamlakatni qudratli qiliş, elni rozi qiliş, xalqning salohiyatini yuzaga çiqarib, butun dunyoda öz örnimizni topişimiz uçun kuraşmoqda. Men Prezidentning işlarini kuzatib, körganim yana bir jihat şuki, bu inson şoşmaydi, jazolaşda ğazab qilmaydi va xalqimizning har bir farzandiga otalarça murabbiylik qiladi: “Tuşuntiringlar, örgatinglar, töğri yölga tuşsin, adaşmasin!” ya’ni os, kes, qama emas, köngliga yöl top, rozi qil, yaxşilik bilan hal qil. 2016-yildan keyin şu kungaça – 10 yil davomida yana bir avlod katta hayotga kirib kelmoqda. Ön yoşli gödaklar yigirma yoş böldi. Bugun ularda biz qörquv va dahşatni körmayapmiz. Ularda erkin ruhni köryapmiz. Şatranj ustalari Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov; Angliyada töp tepayotgan Abduqodir Husanov va jahon bellaşuviga yöl olgan töpteparlarimiz ham ana şu erkinlikning hosilasi deb öylayman. Bu erkinlikni biz hamma jabhada köramiz, faqat undan aql va tadbir ila foydalaniş bu şaxsiy masala. Dunyo sahnasi tinç emas. Yaqin Şarq fojiasi, katta davlat orasidagi ziddiyatlar hammaga oydin körinib turibdi. Lekin Şavkat Mirziyoyev oqilona, jasoratli va donişmandona qaraşlari, yondaşuvlari bilan Özbekiston mavqeini saqlab, balki yanada yuqori kötariş uçun kuraşmoqda. Eng muhimi, jahon uruşlar girdobiga tuşib borarkan, bu örinda mamlakatni, xalqni bu adolatsiz va foydasiz uruşlarga aralaştirmay, tinçlik va ofiyatni saqlab turiş uruşga kirib qozonilgan ğalabadan kattaroq ğalaba ölaroq namoyon böladi. Çunki uruş qonlarni tökadi, uylarni yoqadi, zulmga eşik oçadi ilm-u irfon, ibodat-u toat halovatini yöq qiladi.. Özbekistonga erkin ruh qaytdi. Xalqimiz bir kuni şunday kunlar kelişini hatto tuş köra olmay qolgan edi. Ammo bugun hammasi haqiqatga evrilmoqda. Ne’matning ziyoda bölmoği şukur qiliş bilan ekan. Bu ne’mat va yaxşiliklarni saqlab qoliş uçun har bir inson çin dildan şukur qilişi kerak ekan. Ya’ni yaxşiliklar sababçisi haqiga duo qiliş; öz vazifasini çin dildan bajariş; ilm-u ma’rifatini oşiriş uçun intiliş, adolat va insofli bölib odamlarga yaxşilik qiliş; keraksiz gaplar, ğiybat va böhtonlarga e’tibor bermaslik – ana şular şukurning tajalliylaridandir. Ayniqsa, ilm ahli, ziyolilar xalqimizga bu borada söz bilan, gözal nutq va çiqişlar bilan, aniq va hayotiy misollar bilan haqiqatlarni anglatmoqlari, ma’rifat tarqatmoqlari maqsadga muvofiqdir. Bu taraqqiyot va tinçlik-xotirjamlikni himoya qiliş yölidagi ulkan xizmat sanaladi.
Akrom MALIK, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar ilmiy xodimi


Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.