Til

Mumtoz oila

OLTINÇI BOB

OLTINÇI BOB — rasm

OLTINÇI BOB

OILA QURIŞ

Uçinçi fasl

Sovçilik

Eski zamonlarda sovçilar: “Ostonangizni supurgani keldik”, “Qulçilikka keldik”, – der edilar. Qizi borning nozi bor deya qizli uyning şartlari, dimoq-firoqiga çidaşgan. Albatta, hamma işning öz yöl-yöriği bor. Bundan ön beş yil oldin bölsa kerak, “Özi uylanmagan sovçi” degan serial çiqqan edi. Yana bir allaqaysi kinolarda sovçilik masxara qilindi. Goh-goh har xil sahnalarda bu kabi illatlar hamon közga taşlanadi. Sovçilik deb atalgan iş turi va sovçi nomli insonlar maqomiga ham putur yetgandek tuyuladi. Bir oilaning köz qoraçiği kabi östirgan qizini borib, olib keliş oson yoki öz-özidan bölişi mumkin emas. Buning uçun, zamonaviy tilda aytilsa, diplomatiya zarur. Oila kiçik va qudratli davlat, qiz oliş mana şu davlat bilan manguga rişta boğlamoqdir. Buning uçun, dastavval, sovçilik diplomatiyasi harakatga tuşadi. Sovçilar hamda sovçilik – bu qizli xonadonning ehtiromi, qizning qadr va qiymati sanaladi. Sovçilik bu gaptaşir (telefon) orqali bitadigan iş emas, jarayonni bu şaklda hal qilişga uriniş ayni nodonlikdir. Sovçilikning birinçi bosqiçi – kimni kelin qiliş masalasida qat’iy töxtamga kelişdir. Falon mahallada qiz bor ekan, rasmini kör; bir borib kelaylik; öqişiga borib kelaylik va hokazo gaplar va usullar töğri emas. Kelin, ya’ni öğil uçun umr yöldoş – bir umrlik, balki oxiratda, jannat uylarida birga bölişi lozim bölgan bir hamroh tanlanmoqda. Bu iş mol bozorida mol sotib olişdan yer va osmondek farq qiladigan işdir. Nomzod haqida qat’iy qaror olingani yaxşi: “Şu qizni kelin qilamiz”. Öğilga ham şu qizni oliş maqsadga muvofiqligi asoslab berilmoği kerak. Qiz bilan uçraşişga borişdan avval yigit uylanaman degan sobit bir fikrda bölsa, tayinsizlik va qarorsizlikdan uzoqlaşiladi. Uçraşuv degan jarayonda yigit qizga ma’qul keldimi, yöqmi – şunga köproq e’tibor berilişi kerak. Hali bu masalaga sözimiz davomida yana töxtalamiz. Ikkinçi bosqiçda qizning uyiga kimning sovçi bölib borişi hal etiladi. Sovçilikka ota-onaning darhol bormasligi maqsadga muvofiq. Çunki qiz tarafning raddi yo qabuli mavhum, agar rad etilsa, ota-onaning haybatiga unçalik yaxşi holat bölmaydigandek; bittada qabul bölişi esa haqiqatdan juda yiroqdir. Amaki-toğa kabi jöyali qarindoşlar, şuningdek, mahallaning va oilaning yaqini bölmiş el orasida ehtiromli bir kişi ham sovçi sifatida tanlangani yaxşi. Uçinçi bosqiçda sovçilar qizi bor eşikni taqillatişadi. Masala jiddiy ekan, erkaklarning sovçiligi birinçi borişda, ayollarning sovçiligidan afzal tursa kerak. Umr savdosi oila boşliqlari tomonidan hal etilgani ma’qul. Tabiiyki, tezda rozimiz, qizimni beramiz degan gap ilk söraşdayoq aytilmaydi. Bu juda kamdan-kam hollarda röy beradi. Qiz tomonga sovçilarning gap-sözi, nomzodning özi haqidagi ma’lumotlar iliq tuyulsa, yana bir kelingizlar, maslahat qilamiz deyişlari lozim. Xalq orasidagi ayrim urflarga köra sovçilar keltirgan hadyalarning qabul etilişi mana şunga işora sanaladi. Aslida, kelingizlar, köramiz deyişning özi işning jiddiy ravişda oldinga siljiganidan dalolatdir. Mabodo, qizimiz yoş deb heç qanday royiş berilmasa ham, quda böliş qaroriga kelgan yigit tomon kelgusi safar yana xuddi birinçi marta kelgandek qayta borişi mumkin. Törtinçi bosqiçda avvalgi sovçilar yana kelişadi. Bu oraliqda qiz tomon kuyovlikka nomzodni diqqat bilan örganadi. Şu safargi taşrifda yigitni bir köraylik degan taklif beriladi. Yigitning qiz xonadoniga kelişi masalaning deyarli bitganiga öxşaydi, lekin bu holda ham qiz tomonda rad javobini beriş haqqi töliq saqlanib turadi.

Yigit bilan qiz tarafning otasi, amaki-toğalari, boşqa jiddiy odamlar yaxşi suhbat qiladilar. Kuyovlikka nomzodga haddan taşqari bosim ötkazmay, erkinlik beriladi; qanday savollarning javobi qiziq bölsa, öşa savollar aytiladi; kuyovning har bir holati kuzatilib, tahlilga tortiladi. Bu uçraşuv kuyovning jiddiy xotiralaridan biriga aylangani yaxşi. Ya’ni xotin oliş öyin emasligini yigitça butun vujudi ila tuşunsin. Uylaniş mutlaqo boşqa odamga aylanişdir. Uylaniş seni ahamiyatli şaxsga aylantiradi. Yigit ma’qul topilgaç, qiz bilan uçraşuvi taşkillanadi. Bu ikki nomahramni, kinolardagi kabi masxara bir tadbirga jalb qiliş emas, albatta. Uçraşuv qizning xonadonida ikki yoş bir-birining yuzini, taşqi qiyofasini körişi, joiz bölsa, ovozini biror oddiy savol orqali eşitib körişdan va şunga ketgan qisqa daqiqadan iborat jarayondir. Çunki qiz va yigitning qandayligi – sifati va axloqi ota-ona tomonidan tekşirib bölingan va ijobiy töxtamga kelingan, endi yoşlarning közi bir-birga tuşib, yuragi biroz jizillaşi kerak edi, xolos. “Ötkan kunlar”da Otabekning Kumuşga uylaniş jarayoniga qarasak, tariximizda, hatto şu ham bölmagan ekan. Itoatli öğil va itoatli qiz heç qaçon ota-ona ra’yiga qarşi bormaydi. Ular ota-onaning oqilona qarorlarini qabul qiladilar. Biz bu örinda töğri oilalar haqida aytayotibmiz. Bolasiga yaxşilik qilişni öylamaydigan xudbin ota-onalar yoki johil va kör bolalar haqida emas. Şu tariqa, qizdan yigit haqida söraladi, hayo qiz bola uçun birlamçidir; u ha, yoqdi, tegaman deya ota-onasiga aytişi bu juda ğayritabiiydir. Agar bu kimlar uçundir bugun tabiiy bölsa ham, haqiqat özgarmaydi: ota-onaga baqrayib yoki boşqaga bölsin, erga tegaman yoki tegmayman deyiş bezbetlik, xolos. Şu bois, qiz bunday nozik savolga sukut saqlaşi, qizargan holda uyalib ketib qolişi – bularning hammasi qiz bolada tabiiy keçadi, uyuştiriş imkonsiz – şu rizolik alomatidir. Yigit va qizning bugun ommalaşgani kabi soatlab gaplaşişi, aslida, ahamiyatsiz hodisadir. Çunki bu gaplaşiş heç narsani hal qilmaydi: yigit va qiz bir-biriga suzilib nima deb qasam içmasin, nima deb kelişmasin, bu gaplar hayot davomida heç qaçon amalga oşmay qolib ketiş ehtimoli töqson töqqiz va vergul, yana töqqiz foiz haqiqatdir. Zotan, şahvatga asir yoşlar bu örinda özlarini bir-biriga köz-köz qiliş bilan band bölib, yolğon gaplarni qalaştiraveradilar. Ertaga turmuş vaqtida jamiki safsatalari esdan çiqib ketib, bir-birini böğişni boşlab yuboradilar. Zotan, tarbiya va naslning sifatlari tildan çiqqan çiroyli sözlarga aksar hollarda mos kelmaydi: tarbiya va nasabning sifatlari özini turmuş jarayonida körsataveradi. “Ummat uçun bola tuğaman!” – degan qiz tuqqan bolasini emizişni istamasligi yoki özing qara deb eriga tutqazişi mumkin. “Seni boşimda kötaraman”, – degan yigitça ertaga xotinini oyoqosti qilişi heç gap emas. “Men poklikni sevaman! Men tozalik bilan egiz tuğilganman!” – degan qiz isqirt xona va is bosgan oşxonalarda ham uxlayveradigan bölib çiqiş ehtimoli yöq emas. Va hokazo. Onasi bir neça bolani dunyoga keltirib, oq yuvib, oq taraganini körgan, yoğ tuşsa yalagudek bölgan uyda ösgan qiz har xil gaplarsiz ham ummat uçun tuğadi va pokiza yaşaydi. Otasi onasini ehtirom etganini körgan yigit balandparvoz va’dalarsiz xotiniga qanday me’yorda muomala qilişni biladi. Bu masalada xulosa qiladigan bölsak, yoş yigit-qizlarning oila quriş maqsadidagi özboşimça uçraşuvlari, keraksiz yozişmalari, uzoqdan uzoq “romantika”ga boy valaqlaşişlari bir tiyinga qimmat işlardir. Aksinça, bu ularga faqat ziyon keltiradi: töydan keyin na hayajon bor; na bir-biriga entikiş ila talpiniş. Zotan, ular töygaça aksar hayolarini sovurib, deyarli barça pokiza tuyğularni kuydirib yöq qilib bölganlar. Endi bir-biridan zerikiş yoki boşqa axloqqa zid işlar, adabsizliklar ila maşğul qolişlari ham heç gap emas.

1 610marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.