Hayotiy tajriba va ilm boyligiga qarab mumtoz matnlar turli yoşlarda turli qirralarini körsatadi.
Hayotiy tajriba va ilm boyligiga qarab mumtoz matnlar turli yoşlarda turli qirralarini körsatadi. Kafkaning “Jarayon”ini tugatdim. Sözboşida asar uslubi mijğov, ezma uslub deyilibdi, negadir. Aksinça, menga yoqdi. Inglizçasini kördim. Tarjimon Vafo Fayzullohga ofarin aytdim. Asar ruhini his qilgan tarjimon ona tilimizda buni komil şaklda aks ettira olgan deb öylayman. Muallif jamiyat ruhini va inson nafsini teran köra olgan va yoritgan, faqat u umidsiz va qora rangda körgan. Umid va nur topa olmagan. Şubhasiz, iymon-e’tiqodsiz jamiyatlar Yozef K.larni qatl qiladi. Jamiyatning asl yuzini körganlarda ikki yöldan biri qoladi: yo qatlga rozilik, yo hamoqat ahlining biriga aylaniş. Oqmagan suv aynigani kabi hamoqat botqoğiga botiş bir qism sassiq balçiqqa evriliş degani. Kafkani Şarq adabiyoti buloğidan suv içib öqiş kerak deb öylayman. Aks holda, tuşkunlik odamni asir qiladi. Kafka yirik şaxsiyat deb xulosa qildim. Masalan, Hemingway ham. Lekin Kafka Hemingwaydan ham ulkan figura körindi. Afsuski, u çirkin muhitga siğmagan va halok bölgan. Aslida, bu çirkin muhit – inson uçun sinovdir, undan salomat qoliş yöli bor. Bu yölning bir xaritasi hazrat Navoiyda. Endi bu katta masala. Hozir qisqa aytsak böladiki, Kafka va u kabilar hayot zulmati va dunyo fojiasini his etib, çizgan va öz anglamlari yölida qurbon bölgan; hazrat Navoiy va u zotning salaf va xalaflari bu zulmatdan qutulib, qutuliş çorasini ham körsatganlar. Gapimni şu yerda yakunlayman desam, “Alvido, Qurol” haqida ham aytgim kep qoldi. Nazokatli, öta puxta badiiy asar. Hemingway qoni qaynoq adib. Sözlari ham haroratli. “Alvido, Qurol”ning boş qahramoni va Yozef K. şu qadar öxşaşki! Ammo askarni sevgi asir qiladi, işq hayotini yoritib yuboradi, aks holda, u ham halok bölardi, zulmat uni ham sirtmoqqa tiqardi. Asar sönggida Ketrin tuğruqdan keyin öldi. Askar uçun hamma yoqni zulmat bosdi. Aybdorni heç kim bilmaydi. Hemingway dunyo qanday şaklda yaşama, seni öldiradi deb yozadi. Ikkiyuzlamaçi bölsang, sekin, rostgöy bölsang, tezda joningni oladi. Bu gaplar Alişer Navoiy hazratlarining dunyoning asl başarasi haqida gaplarini eslatdi. Hayratul abrorda şu haqida maxsus bob bor, qarab qöyarsizlar. Şarqda bölsin, Ğarbda bölsin, mutafakkir va uyğoq odamlar hayot haqiqati va zamona fojiasini aniq va ravşan idrok etdilar, lekin nur va yoruğlik Şarqda, bu tarafkaşlik emas, nazarimda, bu oydin haqiqat. Bu yolğiz kaminaning fikri emas. Darvoqe, gap gapni çaqiradi – kuni keça Prezident san’at va madaniyat ahlini mukofotladi. Hamma xursand böldi. Şu hodisa haqida turli fikrlar yangradi, ayrim toifalar ziyoli va intellektual degan atamani muhokama qilişdi. Ayrim xoinlar öz repetuaridan çiqmay içqoralik bilan şuğullandilar. Intellektual jamiyat muammolariga yeçim bergan odam ekan. Ziyoli hokimiyat ahliga körgan haqsizligi haqida şartta gapirib taşlaşi kerak ekan. Menimça, Kafka ham, Hemingway ham bunday qilişmagan, çunki bu juda bir jaydari va rustoyi yondaşuv, xolos. Zulm va haqsizlikni yalanğoç gapiriş bilan masala hal bölmasligini tuşunişgan. Ular zulm va haqsizlikning butun manzarasini körişga intildilar, keyin mohiyatini izladilar, manzarani his etib, uni çizib berdilar; lekin mohiyatiga tuşunmadilar. Bu jumboqni yeça olişmadi. Maddohlik boşqa narsa, yaxşi söz va e’tirof boşqa narsa. Maddohlik tama ustiga quriladi. Yaxşi söz va e’tirof samimiyatdan ösib çiqadi. Keçagi taqdirlaşda men Prezidentning millat va xalq dunyoqaraşi, fikrlaşini qanday östirsam ekan degan qayğusi hamda şu yöldagi jonbozligini, urinişini kördim. Va bu harakatga muqobil tarzda ijod ahlining e’tirofi, samimiyati va javobiga guvoh böldim. Aytilgan sözlarning aksari samimiy va tuyğuga töla holda yangradi. Prezident ham maqtovlarga uçadigan davrdan ötganiga ança bölgan. Şu sababli hodisani bu qadar jön tahlil qilib, masalani bu körlik ila baholaşayotganiga hayron qoladi odam, aslida, hayron qolişga hojat yöq.
Bu harakat va islohot qanday meva beradi – bu boşqa masala, kelajakda ma’lum böladi, hozirça yaxşi umidlar qilinmoqda, xolos. Gap Kafkadan boşlangan edi va özini elita intellekt sanaydiganlarni ham zikr etgan edik, hozir meni ikki masala öylantirib turibdi: ularning çalasavodligini oçiq aytsam, men ham rustoyi bölib qolamanmi? Ular-ku, buni qabul qilişmaydi. Ikkinçi muammo – senlar çalasavodsanlar desam, özimni ulardan aqlliroq bilgan bölib qolsam kerak... Endi yana kim biladi deysiz. Bunçalik ezmalanmay, gapni aytib ketavergan ma’qulga ham öşaydi. Gap egasini topadi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.