2017-yil 13-yanvar kuni sud böldi, sudya menga açina-açina 6 yil qamoq hukmini berdi. Undan keyin mart…
2017-yil 13-yanvar kuni sud böldi, sudya menga açina-açina 6 yil qamoq hukmini berdi. Undan keyin mart oyining boşida Navoiy şahridagi qamoqqa olib ketdilar. 2016-yil 22-iyul kuni uydan çiqib ğoyib bölganman. Izsiz. Heç kim mening qaerda ekanimni bilmagan. Bu çin ma’noda öğirlaş edi. Odam öğirlaş. Va öğrilar kim bölganligini bugun hamma biladi. Ota-onaning ahvolini tasavvur qilavering. 2017-yil 4-aprel. Çorşanba edi, adaşmasam. Ilk marta qamoqqa meni körgani uydagilarim kelişdi. Onam keldi. Roppa-rosa 7 oy-u 12 kun – hayotimda eng uzoq muddat onam meni, men onamni körmagan vaqt. Keyinçalik onam aytadiki: “Tun-u kun seni öylayverib, tomoğimdan bir tomçi suv, bir tişlam non ötmas edi; şunçalik köp öyladimki, Akrom degan bolani tuqqanmidim, şunday bolam bormidi deb qoldim... Keçalari yuragim ortimga tortib uyğonar edim. Nafas etmay qolardi. Şu vaqtlarda qamoqda Akromni azoblaşayotgan bölsa-ya... Akromni urayotgan bölsalar-a, menga şu narsalar ayon bölyapti, şekilli deya xavotirga tuşar edim...” Men öz onam haqida aytyapman. Lekin Özbekistonda şunday onalardan minglab edi. Bir vaqtning özida, tunu kun minglab onalar bolalari, öqimişlik, ilmli, ibodatli bolalari qamoqda yotarkan, yuraklari oğriğidan uyğonib ketişar edi. Ularning hammasi ilojsizlik va çorasizlik kişanida, “Xudoyim!” – deya faryod qilişdan özga yöllari yöq edi. Çunki adolat eşiklari yopiq, şafqat qopqalari taqa-taq berk, insonning ohini tinglaydigan vallomat yöq edi. Şavkat Miromonoviç hukumat boşqaruvini olgan ilk onidan boşlab zulm zanjirlarini birma-bir sindirişga kirişdi. Bu hodisaning hosilasi 2017-yil yozining boşidan boşlab qamoqlarda körindi. Tafsilotga berilmagan holda aytişim mumkinki, 2020-yil 27-avgust kuni Prezidentimiz bir guruh mahkumlarni afv qiliş haqidagi Farmonni imzoladi, afv etilganlar içida mening ismim bor edi. Ammo ozodlikka çiqding, endi bayram degani emas ekan. Iç-içinggga örnaşgan zulm zaxmatlari, oğriqlar seni har narsadan şubhalanişga, odamlarga işonmaslikka etaklaydi. Aytilayotgan yaxşi gaplar yolğon va tuzoq kabi körinadi. Ya’ni erkin hayotga birikib ketiş ham oğir jarayondir. Bu xuddi qayta tuğilişdek. gap. Ammo Davlat meni taşlab qöymadi. Har tomonlama qöllab-quvvatladilar. Özimni yaxşi his qilişim uçun, özimni tutib olişim uçun kömaklaşdilar. Xato qilsam, yana keçirdilar; yana töğri yölga yöllaşga urindilar. Ha, töğri yöl va botil yöl aniq, ammo uni köriş va iqror böliş, qalb bilan tasdiqlaş murakkab masala. Inson özi yurayotgan yölidan, qilayotgan işidan şubhalanmasligi kerak. Komil iymon bilan ha, men töğri iş qilyapman deb amin bölmoği lozim. Buning uçun uning yöli va e’tiqodi barça asoslari bilan qadimdan tasdiqlangan va qabul qilingan qoidalarga muvofiq tuşmoği şart. Otam hamişa: “Biz Şavkat Miromonoviçdan qarzdormiz. U kişining eng avval oilamizga qilgan yaxşiliklarini unutişimiz mumkin emas. Qolaversa, xalqimizga, yurtimizga qilayotgan xizmatini ta’riflab, tavsiflab tugatiş imkonsiz. Biz u kişining haqqiga keçayu kunduz duo qilişimiz kerak”, – deb aytadilar. Xudoga şukur, otamning onalari – yoşlari töqsonga yaqinlaşgan enamiz borlar. U kişi ham har ikki gapining birida: “Poşşomiz omon bölsinlar, baxtimizga soğ bölsinlar, nevaramni qamoqdan çiqarib berdilar, u kişi avliyo ekanlar”, – deb duo qiladilar. Prezidentimizning faqat şaxsimga qilgan yaxşiligi, bağrikengligiga suyanib söz aytsam, kimlar uçun bir yoqlama tuyular, lekin u kişining olib borayotgan siyosatiga nazar solib, şunday xulosa qilaman: uzoqni köradigan odam; vaziyatni töğri baholaydigan odam; insof va diyonatli odam; xalqi va Vatani uçun jonini beradigan odam; xalqning muhabbatini, işonçini qozonib, duosini olayotgan odam.
👉 Davomi



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.