Til

Mumtoz oila

YETTINÇI BOB

YETTINÇI BOB — rasm

YETTINÇI BOB

ER-XOTIN

Birinçi fasl

Çimildiq va nozik masalalar

Oson pul topişni istagan va hayo, iffat va uyatni yiğiştirib qöygan insonlar uçun bugun er-xotinlarning nozik munosabatlari yaxşi xom-aşyo bölib turibdi. Közi endi-endi oçilib, hali bunday işlarni tuşunmaydigan yoş yigit-qizlar uçun turli şakllarda bozor oçişmoqda. Xudo rahmati çeksiz va adolatli zot bölgani uçun insoniyatning deyarli yuz foiz qismini bu masalada soğlom yaratgan. Şuningdek, Parvardigor hayo sohibi bölgani sababli bu işlarni pinhon tutişni buyurgan. Nozik munosabatlarda odamzodning hayvoniylik tabiati ğolib kelgani bois bu işlar nikoh bilan qörğonlanib, parda ortida saqlanib kelgan. Maqsad – odamzod odamiylik maqomidan hayvoniylik zindoniga qulamasin. Odamzod yer yuziga faqat jimo uçun emas, balki boşqa oliy maqsadlar uçun kelgan. Jimo e’tibor va diqqatning katta qismi sarflanişi mumkin bölmagan işlar sirasiga kiradi. Şahvatga bölgan qullik sababli ösmir yigit va qizlarda bu işlar bobida qiziqiş yuqoridir. Zotan, ularda hali aql komil şaklga kelmagan. Ular yaşirinça bunga oid uyatsiz videolar, rasmlar körişadi, kitob va maqolalaru öqişadi, özaro suhbatlaşişadi, sun’iy uruğ tökişadi va şu kabi gunohlarni qilişadi. Biliş kerakki, bunday işlar har bir odam uçun juda oson. Şu qadar osonki, bu töğrida qattiq öylanişga ehtiyoj yöq. Demak, qandaydir kitob, maqolalar öqib, kimlardandir sörab, bir balo videolar körib yurişga mutlaqo şart emas. Kelin-kuyov vaqt ötişi bilan sekin-asta bir-birini tuşunib oladi, ojizlik va şu kabi har xil masalalarda xavotirlar asossizdir. Kim şu haqida köp gapirsa, şahvat qözğovçi dorilari uçun mijoz axtarmoqda hamda bu mavzuda keraksiz vaysovçilar hayosiz, axloqsiz odamlardir. Çimildiq – eski udumlardan biri. Ilk keçada qanday böliş kerakligi aqlli odamlar tomonidan xotirjam bir şaklda aytilsa, kifoya. Ğusl, poklik va şunga öxşaş ilmlarning örganilişi yetarli. Asosiysi, youtube, telegram kabi tarmoqlarda odam töplab, şu orqali pul topib bola boqayotgan uyatsiz va hayosini sotganlarning birorta gapiga quloq tutmang, bu borada heç qanday sun’iy vosita ham kerak emas. Qandaydir muammo bordek tuyulsa, bilingki, u tuyulyapti, xolos. Aslida, muammo yöq. Hammasi izga tuşib ketadi, şoşiş, siqiliş va taşvişlanişning keragi yöq. Va eng buyuk nasihat: er va xotin heç qaçon özaro nozik munosabatlarini heç kimga sözlamasin! Boşqalarining ham bu boradagi gaplariga quloq tutmasin! Bunday mavzularda gapir deb qizdiruvçi iblis va uning odam suratidagi malaylaridir.

Akrom MALIK

2 820marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    Törtinçi fasl Non sindiriş va töy Sovçilik işlari bitgaç, non sindiriş amali bajariladi. “Non sindiriş”ni fotiha töyi ham deyiladi. Bu urfning mohiyatini biliş uçun töyning…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Oxiri

    👉 Boşlanişi Yaqinda dissertasiya himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasini oldim. Natijada, ilm yönalişidagi barça yangilik va islohotlarni körib…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.